Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
46.8K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


OLG'A O'ZBEK YOSHLARI, OLG'A O'ZBEKISTON!


🇺🇿 O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga to'p surayotgani butun xalqimiz uchun ulkan quvonch va faxrdir!

⚽️Nurafshon shahar yoshlari yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizga omad, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilaymiz. Yoshlarimiz nomidan shuni aytamizki, biz sizlarga ishonamiz, sizlar bilan faxrlanamiz va har doim qo‘llab-quvvatlaymiz!


Olg‘a, O‘zbekiston! Jahon chempionatida ham yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘taring! 🇺🇿🏆

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥3


Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda


1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Nurafshon shahrida tashkil etilgan bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

🟣Navbatdagi bayram dasturi Nurafshon shahridagi "Magic Town" bolalar ko‘ngilochar maskanida tashkil etildi. Unda bolajonlar uchun turli qiziqarli o‘yinlar, ko‘ngilochar chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va raqs dasturlari namoyish etilib, unutilmas bayramona kayfiyat ulashildi.


💠Shuningdek, tadbir davomida bolajonlarga sevimli o‘yinchoqlar sovg‘a qilinib, bayram shukuhi yanada oshirildi. Bolalarning quvonchi, samimiy tabassumi va ko‘tarinki kayfiyati tadbirning eng yorqin lahzalariga aylandi.

🟣Ayni paytda Nurafshon shahridagi 4 ta oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalar ham Toshkent shahrida tashkil etilgan bayram tadbirlarida ishtirok etib, mazmunli hordiq chiqarmoqda.

🏷Yosh avlodning baxtli va barkamol voyaga yetishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bolalarga mehr va e’tibor ko‘rsatish borasidagi bunday tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Rasmiy axborot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Venada BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) ijrochi direktori etib yangi tayinlangan Monika Juma bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning BMT GJB bilan hamkorligi, giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlar hamda 2026-yil aprel oyida Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro forumdan keyingi amaliy ishlar yuzasidan fikr almashildi.

“Ayollar, bolalar va yoshlar himoyasiga bag‘ishlangan sayd-iventimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun Monika Jumaga minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston ushbu tadbirni bugun BMT Jinoyatchilikning oldini olish komissiyasining 35-sessiyasi doirasida o‘tkazdi.

Biz BMT GJB bilan xavfsizlik, adolat va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyormiz”, —
deb yozdi Saida Mirziyoyeva.


Muloqot chog‘ida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, global tahdidlarga qarshi birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish hamda inson manfaatlarini ustuvor qo‘ygan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Rasmiy axborot
Saida Mirziyoyeva Venada xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 1-iyun kuni Avstriyaning Vena shahrida o‘z mehnati, bilimi va mas’uliyatliligi bilan kun sayin O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchni yuksaltirib kelayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.
 
“Vatandan uzoqda bo‘lishlariga qaramay, O‘zbekiston bilan mustahkam aloqani saqlab qolayotganlari ayniqsa tahsinga loyiq. Bu kabi uchrashuvlar har safar o‘zgacha faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Yurtdoshlarimiz yuqori kasbiy mahorati bilan xalqaro maydonda o‘z so‘zi va o‘rniga ega bo‘layotgani hamda global vazifalar yechimida faol ishtirok etayotganini ko‘rish kishini ruhlantiradi, quvontiradi.
 
Bunday malakali mutaxassislar safi yanada kengayishi juda muhim. Biz xalqaro tajriba orttirishni, professional jihatdan o‘sishni, vatanimiz hamda jahonga naf keltirishni istaydigan yosh o‘zbekistonliklarni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Saida Mirziyoyeva.


https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Tadbirkorlar diqqatiga!

🗣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 1–6-iyun kunlari yurtimiz bo‘ylab tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Tadbirkorlik faoliyatingizda duch kelayotgan to‘siqlar, huquqlaringiz buzilishi holatlari yoki sohani takomillashtirishga doir fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa, sizni ushbu uchrashuvlarga taklif etamiz.

📃Ro‘yxatdan o‘tish uchun jadvalda ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali bog‘laning.

📞 O‘z taklif va murojaatlaringizni 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari orqali, shuningdek, @ochiqmuloqot2026_bot orqali tez va qulay tarzda yo‘llashingiz mumkin.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1