Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
46.8K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
Forwarded from Rasmiy axborot
Saida Mirziyoyeva Venada xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 1-iyun kuni Avstriyaning Vena shahrida o‘z mehnati, bilimi va mas’uliyatliligi bilan kun sayin O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchni yuksaltirib kelayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.
 
“Vatandan uzoqda bo‘lishlariga qaramay, O‘zbekiston bilan mustahkam aloqani saqlab qolayotganlari ayniqsa tahsinga loyiq. Bu kabi uchrashuvlar har safar o‘zgacha faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Yurtdoshlarimiz yuqori kasbiy mahorati bilan xalqaro maydonda o‘z so‘zi va o‘rniga ega bo‘layotgani hamda global vazifalar yechimida faol ishtirok etayotganini ko‘rish kishini ruhlantiradi, quvontiradi.
 
Bunday malakali mutaxassislar safi yanada kengayishi juda muhim. Biz xalqaro tajriba orttirishni, professional jihatdan o‘sishni, vatanimiz hamda jahonga naf keltirishni istaydigan yosh o‘zbekistonliklarni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Saida Mirziyoyeva.


https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Tadbirkorlar diqqatiga!

🗣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 1–6-iyun kunlari yurtimiz bo‘ylab tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Tadbirkorlik faoliyatingizda duch kelayotgan to‘siqlar, huquqlaringiz buzilishi holatlari yoki sohani takomillashtirishga doir fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa, sizni ushbu uchrashuvlarga taklif etamiz.

📃Ro‘yxatdan o‘tish uchun jadvalda ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali bog‘laning.

📞 O‘z taklif va murojaatlaringizni 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari orqali, shuningdek, @ochiqmuloqot2026_bot orqali tez va qulay tarzda yo‘llashingiz mumkin.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#e'tirof

Viloyatimiz iftihorlari e'tirof etildi


Bugungi kunda viloyatimizda sportning barcha turlari bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyat va zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida sportchi yigit-qizlarimizning yurtimiz va xalqaro maydonlarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritishiga xizmat qilmoqda.

Kuni kecha Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov bir guruh nurafshonlik yosh sportchilar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Unda yoshlarning erishgan yutuqlari yuksak e’tirof etilib, ularning sport yo‘lidagi mashaqqatli mehnat alohida ta’kidlandi.

🏆Xususan:

🏅Artur Guliyev — baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni;
🏅Mirjamol Komilov — ushbu yo‘nalishda jahon chempionatining kumush medal sovrindori;
🏅Milana Dushevyanich — baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempioni;
🏅Shahzoda Mamadaliyeva — parakanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempioni sifatida e’tirof etildi.


Shuningdek, uchrashuv doirasida Toshkent dengizi hududida muntazam ravishda eshkak eshish sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan yosh sportchilarning kundalik mashg‘ulot jarayonlari, ularga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, mavjud muammolar va takliflar atroflicha o‘rganildi.

Bunday uchrashuvlar yosh sportchilarning intilishlarini oshirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish hamda Toshkent viloyatida sportni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏2🤝1


Elektr ta’minotida ayrim hududlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi

❗️Nurafshon ShET va O‘rta Chirchiq TET ma’lum qiladiki, N/S O‘rta Chirchiq 110/35/6 kV T-3 dan chiquvchi “Qorasuv” XEL-6 kV tarmog‘ida avariyaviy holatlarning oldini olish hamda tarmoqni yuksizlantirish maqsadida qo‘shimcha tarmoq tortish ishlari olib borilishi munosabati bilan 3-iyun kuni Nurafshon shahridagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.

09:00 – 13:00 ("Oybek", "Obod turmush", "Muqimiy", "Dehqonobod", "Navro‘z", "Qumariq" MFY lari.)


Keltirilgan noqulayliklar uchun shahar elektr tarmoqlari korxonasi iste'molchilardan uzr so‘raydi.


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎51


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 21 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


🔹 Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish – ustuvor vazifa

🇺🇿Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan yaxlit va manzilli ishlash tizimini joriy etish bo‘yicha 2026-yil 5-yanvarda qabul qilingan PQ–1–2-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov “Yangiobod” mahallasida bo‘lib, hududdagi kriminogen vaziyatni o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahallada o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining texnik holati, ularning ishlash samaradorligi hamda qamrov darajasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar va tegishli topshiriqlar berildi.


Ta’kidlanganidek, mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash, aholi uchun tinch va osoyishta muhit yaratish hamda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish bundan buyon ham doimiy e’tibor markazida bo‘ladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan davrda kimyo tarmog‘iga 8 milliard 300 million dollarlik investitsiyalar kirib keldi, 87 ta yirik quvvat ishga tushdi.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz kimyo sanoatida hali ishga solinmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1


Markazlashgan issiq suv ta’minotida vaqtinchalik uzilish kuzatiladi


“Toshkent viloyati issiqlik ta’minoti” MCHJ ma’lum qiladiki, Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY hududidagi "Yangiobod" qozonxonasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish rejasiga muvofiq qozonxona uskunalarida texnik ko‘rik va sinov ishlari amalga oshiriladi.

❗️Shu munosabat bilan 1-7-iyun kunlari qozonxona faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi va markazlashgan issiq suv ta’minotida uzilish kuzatiladi.

📍 "Yangiobod" qozonxonasiga ulangan ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlari hamda boshqa iste’molchilar.


Keltirilgan noqulayliklar uchun “Toshkent viloyati issiqlik ta’minoti” MCHJ iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👎1👏1🤝1


Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi shifokori xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovda e’tirof etildi


Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasining nevropatolog shifokori Xolida Bahodirovna Raimqulova“O‘z kasbining fidoyisi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

🏷Mazkur yuksak e’tirof fidoyi tibbiyot xodimlarining mehnatini qadrlash, ularni rag‘batlantirish hamda sohaga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.


Xolida Bahodirovna Raimqulovani ushbu munosib yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va yangi zafarlar tilaymiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1👏1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


🏆 Nurafshon shahrida “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari aniqlandi!

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida mahalla yoshlari o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥉 3-o‘rin — Obod Turmush MFY yoshlari
🥈 2-o‘rin — Taraqqiyot MFY yoshlari
🥇 1-o‘rin — Qumariq MFY yoshlari


G‘olib jamoa — Qumariq MFY yoshlari musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

🎉 Barcha ishtirokchilarni munosib natijalari bilan tabriklaymiz hamda viloyat bosqichida Qumariq MFY jamoasiga ulkan muvaffaqiyat va omad tilaymiz!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👎1🔥1