Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#bildirish
Toshkent viloyatida jamoat transportining yangi tariflari tasdiqlandi
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2026-yil 20-iyuldagi qarori bilan viloyatning shaharlarida brutto shartnoma asosida shahar ichi avtobus yo‘nalishlarida jamoat transporti xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati shaharlaridagi brutto shartnoma asosida shahar ichi yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulsiz olish amaliyoti to‘liq joriy etilib, jamoat transportida yo‘lkira to‘lovlarini elektron shaklda amalga oshirishni rag‘batlantirish maqsadida naqd puldagi tariflar elektron to‘lov tarifiga nisbatan 30 foiz yuqori etib belgilandi.
Shuningdek, soatlik, kunlik, uch oylik, olti oylik hamda yillik limitsiz tarif rejalari joriy etilishi nazarda tutilgan.
Yangi tariflar quyidagicha:
• Transport yoki bank kartasi orqali elektron to‘lov – 2 000 so‘m (QQS bilan);
• Naqd pul orqali to‘lov – 2 600 so‘m (QQS bilan);
• Bir yo‘lovchining yukini tashish xizmati – 2 600 so‘m (QQS bilan).
Mazkur o‘zgarishlar jamoat transportida elektron to‘lov tizimini kengaytirish, to‘lov jarayonlarini soddalashtirish hamda zamonaviy va qulay transport xizmatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👎4