Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.4K photos
4.48K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram


Jamoat xavfsizligi faollari rag‘batlantirildi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash, mahallalarda osoyishtalikni mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida samarali faoliyat olib borayotgan quyidagi bir guruh fidoyi mutaxassis va faollar munosib taqdirlandi.

• Nurafshon shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari – IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Tulepov Ermuxanbet Saydullayevich;

• “Taraqqiyot” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi Kurbonov Olimjon Jumanovich;

• “Birlik” MFY hokim yordamchisi Xayrullayev Shahzod Habibullo o‘g‘li;

• “Yangiobod” mahallasi xotin-qizlar faoli Barakayeva Madina Sayfillayevna;

• “Hurriyat” MFY yoshlar yetakchisi Aldiyorov Baxtiyor Ziyodulla o‘g‘li;

• “To‘ytepa” MFY IIB inspektori Majidov Jasur Abdujalil o‘g‘li;

• “Degantepa” MFY ijtimoiy xodimi Umirzokova Mashkura Rahimovna;

• “Navro‘z” MFY soliq inspektori Imomov Umarbek Murtoza o‘g‘li;

• Nurafshon shahar hokimligi mutaxassisi, shtab a’zosi Xonxo‘jayev Bahodir Anvarxo‘ja o‘g‘li;

• Mahalla uyushmasi mutaxassisi, shtab a’zosi Xakimov Sanjar Abbos o‘g‘li.


Tadbir davomida e’tirof etilganlarning mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, aholi murojaatlari bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi xizmatlari alohida qayd etildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Davlat qo‘llab-quvvatlovi bilan qayta oyoqqa turayotgan bir taqdir

Nurafshon shahrining Taraqqiyot mahallasida istiqomat qiluvchi Dilafruz Ne’matullayeva bir necha oy avval sog‘lig‘idagi jiddiy muammo sabab Nurafshon shahar hokimining sayyor qabulida murojaat qilgan edi.

Murojaat ortidan shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan masala shu zahoti qat’iy nazoratga olinib, bemorning davolanishi uchun 106 million so‘m miqdoridagi mablag‘ ajratilib, tibbiy xarajatlari qoplab berildi.

Kuni kecha esa fuqaro davolanish jarayonini yakunlash uchun qo‘shimcha moddiy yordam so‘rab murojaat qildi. Mazkur murojaat ham bir kunning o'zida ijobiy hal etilib, homiylar ko‘magida 12 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.


Bugun Dilafruz Ne’matullayeva va uning yaqinlari ushbu e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun. Yurtboshini, shu Vatani, shu xalqni alqab duolar qilmoqdalar. Eng muhimi, davlat va jamoatchilikning ko‘magi tufayli yana bir inson salomatligini tiklab, qayta oyoqqa turmoqda, hayotga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥1


5-iyun — Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan Nurafshon shahar hokimligida ekologiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassislar munosib e’tirof etildi.

Sana munosabati bilan Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev tomonidan shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi boshlig‘i Xasanov Maxsutali Axmadaliyevich taqdirlandi.

Shuningdek, barcha soha mutaxassislari ham kasb bayrami bilan samimiy tabriklanib, ularga sog‘liq, oilaviy farovonlik va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Qolaversa tabiatni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar yuksak qadrlanishi alohida ta’kidlandi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3👏2


Mehnat daftarchasini raqamlashtirish nima?

☝️ Bu – qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchasidagi mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlarni elektron shaklga o‘tkazish jarayoni.
Mehnat daftarchasini raqamlashtirishning nima afzalliklari bor?

1️⃣Ish faoliyatingizni raqamli tizimda yuritish va ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlash imkonini beradi (qog‘oz shakldagi mehnat daftarchalari yo‘qolishi yoki yaroqsiz holatga kelishi mumkin).

2️⃣Pensiya tayinlashda mehnat staji avtomatik aniqlanadi va fuqarolarning ortiqcha vaqt sarfi tejaladi.

3️⃣Davlat xizmatlaridan tez va oson foydalanish imkonini beradi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan “Hurriyat” mahallasi aholisi uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Tibbiy ko‘rik jarayonlariga oilaviy shifokorlar, tor soha mutaxassislari, shuningdek laborator-instrumental tekshiruv xizmatlari jalb qilinib, aholiga ultratovush hamda elektrokardiogramma diagnostik tekshiruvlari o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida fuqarolar salomatligi chuqur o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tibbiy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida yuqumsiz kasalliklar profilaktikasiga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham olib borildi.


Jumladan, tibbiy tekshiruvdan o‘tgan fuqarolarga yurak xastaliklarini oldini olish , uning kelib chiqish sabablari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

❗️Bu kabi ko'riklar Nurafshon shahrining barcha mahallarida bosqichma-bosqich o'tkazilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1