Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.4K photos
4.48K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram


5-iyun — Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan Nurafshon shahar hokimligida ekologiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassislar munosib e’tirof etildi.

Sana munosabati bilan Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev tomonidan shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi boshlig‘i Xasanov Maxsutali Axmadaliyevich taqdirlandi.

Shuningdek, barcha soha mutaxassislari ham kasb bayrami bilan samimiy tabriklanib, ularga sog‘liq, oilaviy farovonlik va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Qolaversa tabiatni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar yuksak qadrlanishi alohida ta’kidlandi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3👏2


Mehnat daftarchasini raqamlashtirish nima?

☝️ Bu – qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchasidagi mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlarni elektron shaklga o‘tkazish jarayoni.
Mehnat daftarchasini raqamlashtirishning nima afzalliklari bor?

1️⃣Ish faoliyatingizni raqamli tizimda yuritish va ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlash imkonini beradi (qog‘oz shakldagi mehnat daftarchalari yo‘qolishi yoki yaroqsiz holatga kelishi mumkin).

2️⃣Pensiya tayinlashda mehnat staji avtomatik aniqlanadi va fuqarolarning ortiqcha vaqt sarfi tejaladi.

3️⃣Davlat xizmatlaridan tez va oson foydalanish imkonini beradi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan “Hurriyat” mahallasi aholisi uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Tibbiy ko‘rik jarayonlariga oilaviy shifokorlar, tor soha mutaxassislari, shuningdek laborator-instrumental tekshiruv xizmatlari jalb qilinib, aholiga ultratovush hamda elektrokardiogramma diagnostik tekshiruvlari o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida fuqarolar salomatligi chuqur o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tibbiy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida yuqumsiz kasalliklar profilaktikasiga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham olib borildi.


Jumladan, tibbiy tekshiruvdan o‘tgan fuqarolarga yurak xastaliklarini oldini olish , uning kelib chiqish sabablari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

❗️Bu kabi ko'riklar Nurafshon shahrining barcha mahallarida bosqichma-bosqich o'tkazilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1


TADBIRKORLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT VA IMTIYOZLAR TUSHUNTIRILDI

Nurafshon shahar soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i Jasur Sayfiyev rahbarligida tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish hamda biznes yuritish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan muhim normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

🏷Jumladan, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–95-sonli hamda 2026-yil 26-maydagi “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF–100-sonli Farmonlarida belgilangan vazifalar, yaratilgan imkoniyatlar va tadbirkorlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


🟣Uchrashuv davomida mazkur farmonlarning amaliy ahamiyati, tadbirkorlik faoliyatini yuritishdagi yengilliklar, soliq tizimidagi yangiliklar, davlat tomonidan berilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari hamda biznes subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan mexanizmlar xususida atroflicha fikr almashildi.

Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislarga murojaat qilib, soliq qonunchiligi, imtiyozlardan foydalanish tartibi va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha batafsil tushunchalar va amaliy tavsiyalar oldilar.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"O‘zbekiston hatto hozirgi global beqarorlik sharoitida ham barqaror o‘sish dinamikasini namoyish etmoqda".


Президент Шавкат Мирзиёев:
"Даже сейчас, в условиях глобальной нестабильности, Узбекистан продолжает демонстрировать устойчивую динамику роста".


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Bugun Nurafshon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo’limi boshlig'i Sirojiddin Yusupovning tavallud topgan kuni.

Hurmatli Sirojiddin Meylidiyarovich! Sizni ushbu sana bilan muborakbod etamiz. Mustahkam sog‘lik, baxtli va fayzli hayot, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, ish faoliyatingizda esa yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Shahrimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va fidokorona mehnatingiz e’tiborga loyiq. Kelgusida ham faoliyatingizga zafarlar yor bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏91👍1👎1🔥1


🤔Nurafshon shahridagi “Kichkintoy” va “Shirinoy” maktabgacha ta’lim tashkilotida “Quvnoq startlar” sport musobaqalari hamda shashka bellashuvlari tashkil etildi.

🔸Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar sport va intellektual bahslarda faol ishtirok etib, o‘zlarining chaqqonligi, topqirligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.


🔺Bayramona ruhda o‘tgan musobaqalar bolalarda sog‘lom turmush tarziga qiziqishni oshirish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

💠Tadbir yakunida faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1