Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.4K photos
4.48K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram


Bugun Nurafshon shahri hayotida muhim o‘rin tutuvchi Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda deputatlar tomonidan shaharning bugungi holati, istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari hamda aholi manfaatlariga daxldor dolzarb masalalar keng muhokama qilinib, mas'ullarning quyidagi yo'nalishlardagi hisobotlari tinglandi.

✔️Nurafshon shahar mahalliy byudjetini I chorak ijrosini tasdiqlash

✔️“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalalari;

✔️Shahar sport maktabi bo‘limi boshlig‘ining joriy yil davomida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotini tinglash

✔️Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Nurafshon shahri bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti;

✔️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-mart kunidagi “Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi 156-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalari.


❗️Sessiyada deputatlar tomonidan kun tartibidagi har bir masala chuqur tahlil qilindi hamda sessiya kotibi va sanoq komissiya raisi xulosalari eshitirilib, hududni yanada rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 22 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahrida volontyor yoshlar tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostidagi donorlik aksiyasi tafsilotlari “Nurafshon TV” nigohida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
📢 🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

⚖️Joriy yilning 11-iyun kuni soat 10:00 da Toshkent viloyatida “Brend making” yo‘nalishidagi ilmiy-amaliy taqdimotlar doirasida sayyor qabul tashkil etiladi.

Tadbir Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” hamda Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkaziladi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida brendni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun talabnoma topshirishda amaliy ko'maklashish xizmatlari ko'rsatiladi.


Bog'lanish uchun: U.Abdurashidov
+998 94 946-71-03


🗺 Manzil: Toshkent viloyati, O'rtachirchiq tumani DAVLAT XIZMATLAR MARKAZI binosi

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


📌 Yozgi ta’til davrida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini rivojlantirish maqsadida Nurafshon shahridagi barcha ta’lim muassasalarida maxsus yozgi mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

⚽️ Mashg‘ulotlar davomida sport musobaqalari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi tadbirlar hamda turli intellektual bellashuvlar o‘tkazilib, yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotiga alohida e’tibor qaratilmoqda.


📚Shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganish to‘garaklari, “Mohir qo‘llar” mashg‘ulotlari hamda ko‘ngilochar va ilmiy-ommabop dasturlar orqali o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1