Nurafshonda aholi uchun bepul tibbiy ko‘riklar davom etmoqda
Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan “Obod” mahallasida aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rikda oilaviy shifokorlar, tor soha mutaxassislari hamda diagnostika xizmatlari ishtirok etib, fuqarolar ultratovush (UTT) va elektrokardiogramma (EKG) tekshiruvlaridan o‘tkazildi.
Ko‘rik davomida fuqarolarning salomatlik holati o‘rganilib, aniqlangan kasalliklar va xavf omillari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, yurak-qon tomir hamda boshqa yuqumsiz kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Bunday tibbiy ko‘riklar Nurafshon shahrining barcha mahallalarida bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
✅ Tadbir doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan nashrdan chiqarilgan “Temurbek” kitobining taqdimoti “Kitob karvoni” loyihasi asosida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Nurafshon shahar “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, deputat J.Axmedqulov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi bosh mutaxassisi Sh.Erkinova hamda shahar Madaniyat bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.Tadbir davomida Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Nurafshonlik o‘quvchi UCL universitetining to‘liq grantini qo‘lga kiritdi
🎓 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Botirjon Xolmatov dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — University College London (UCL) universitetiga to‘liq grant asosida qabul qilindi.
UCL xalqaro QS reytingida dunyoning TOP-10 universitetlari qatoridan o‘rin olgan bo‘lib, ayni paytda 9-o‘rinda qayd etilgan.
Yutuqlari:
🔹 IELTS — 7.5 ball
🔹 SAT — 1540 ball
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤3👏2