Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.3K photos
4.47K videos
61 files
13.5K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


BUGUNGI FUTBOLNI NURAFSHONDA OCHIQ OSMON OSTIDA TOMOSHA QILING!

Aziz nurafshonliklar va shahrimiz mehmonlari!

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvini ochiq osmon ostida, minglab futbol muxlislari bilan birgalikda tomosha qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📌Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bog‘i futbol ishqibozlari uchun haqiqiy fan-zonaga aylanadi.

Sizni quyidagilar kutmoqda:

✔️ Ulkan LED ekran orqali jonli translyatsiya;
✔️ 2000 kishilik qulay o‘rindiqlar;
✔️ Salqin ichimliklar va yeguliklar;
✔️ Qiziqarli shou dasturi va bayramona muhit;
✔️ Futbol muxlislari bilan unutilmas emotsiyalar.


⚽️O‘zbekiston 🇺🇿🇵🇹Portygaliya
📆23-iyun
⏱️Soat 22:00
📌Nurafshon City hududidagi “Vatanparvar” bog‘i (Lokatsiya)

🇺🇿Keling, futbolsevar do‘stlaringiz, oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz bilan birga milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaylik!
Bugun har bir olqish, har bir hayqiriq va har bir duoning kuchi bor. Minglab kilometr uzoqlikda bo‘lsak ham, yuragimiz birga uradi, maqsadimiz bitta — O‘zbekiston g‘alabasi!

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Bir xalq. Bir jamoa. Bir maqsad — G‘ALABA!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3


Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!


2026-yil 24-iyun kuni soat 10:00 da Nurafshon shahar "Qumariq" MFY dagi 32-maktabda, Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi vakillari, shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan hududdagi ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.

❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.


Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


YUZ MILLIONLIK MASLAHAT


Diqqat, siz uchun nurafshonlik tajribali dehqon Nargiza Qodirovaning yuz million so'mlik maslahatni tekinga ulashamiz.

"Deganteppa" mahallasi hokim yordamchisi tavsiyasi bilan ajratilgan 24 million so‘mlik imtiyozli kredit bugun nafaqat qo'shimcha daromad manbaiga aylandi, balki ikki nafar oila a’zosining doimiy bandligini ham ta’minladi.


❗️Batafsil qahramonimizning o‘zidan eshiting. Bunday maslahatlarni boy bo‘lish haqidagi eng mashhur kitoblardan ham topolmaysiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov hududdagi investitsion loyiha faoliyati bilan tanishdi


Nurafshon shahrida faoliyat yuritayotgan “AGRO NEW DRIP” korxonasi qishloq xo‘jaligida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish, shuningdek, mikroirrigatsiya tizimlari uchun “VITAND” brendi ostida suv tejovchi asbob-uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Tashrif davomida shahar hokimi korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va sifati, ishlab chiqarish jarayonida mahalliylashtirish darajasini oshirish, mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, korxona faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi.

Ma’lumot uchun, loyiha 2024-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 37 mln dollarni tashkil etadi. Korxonada 300 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 30 nafar farzandi bandligi ta’minlangan. Yillik hisobda budjetga 21,5 mlrd so‘mlik tushum keltirish imkoniyati yaratilgan.


Ishlab chiqarish Turkiya texnologiyalari asosida tashkil etilgan bo‘lib, korxonada zamonaviy, yuqori samarador uskunalar va ilg‘or ishlab chiqarish liniyalari joriy qilingan. Korxona O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishdagi yagona ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifat jihatidan Rossiya, Turkiya va Xitoyda ishlab chiqarilayotgan o‘xshash mahsulotlar bilan raqobatlasha oladi. Shuningdek, korxona faoliyati natijasida yiliga 3,2 mln dollar miqdoridagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliylashtirish ta’minlanmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_kuni

Nurafshonda yoshlar bayrami

⚡️30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tantanalari Nurafshon shahrida yuqori atmosferada bo‘lib o‘tdi.

Tomoshabinlarga ko‘tarinki ruh va yorqin taassurotlar tuhfa etgan konsert festivalning eng zavqli lahzalariga aylandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1👏1🤝1


Nurafshon shahrida hududlarni obodonlashtirish , shahar qiyofasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda

Jumladan, Toshkent yo‘li ko‘chasi hamda shaharning boshqa hududlaridagi ko‘chalar, ichki yo‘laklar, ariq-zovurlar va jamoat joylarida keng ko‘lamli sanitariya-tozalik tadbirlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yashil maydonlarni kengaytirish, ularni parvarishlash va sug‘orish, gul ko‘chatlarini ekish, hududlarni begona o‘tlardan tozalash hamda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.


❗️Mazkur tadbirlarda Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan bir qatorda jamoatchilik vakillari ham faol ishtirok etib, shahar hududlarining ozoda va tartibli saqlanishiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar shahar infratuzilmasini yanada takomillashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda hududlarning estetik qiyofasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1👏1