Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.3K photos
4.48K videos
61 files
13.5K links
Download Telegram


Nurafshon shahrida hududlarni obodonlashtirish , shahar qiyofasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda

Jumladan, Toshkent yo‘li ko‘chasi hamda shaharning boshqa hududlaridagi ko‘chalar, ichki yo‘laklar, ariq-zovurlar va jamoat joylarida keng ko‘lamli sanitariya-tozalik tadbirlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yashil maydonlarni kengaytirish, ularni parvarishlash va sug‘orish, gul ko‘chatlarini ekish, hududlarni begona o‘tlardan tozalash hamda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.


❗️Mazkur tadbirlarda Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan bir qatorda jamoatchilik vakillari ham faol ishtirok etib, shahar hududlarining ozoda va tartibli saqlanishiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar shahar infratuzilmasini yanada takomillashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda hududlarning estetik qiyofasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1👏1


Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish korxonasi faoliyati o‘rganildi

Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov hududda ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulot turlarini ko‘paytirish hamda investitsion jozibadorlikni yanada oshirish maqsadida shahardagi yirik ishlab chiqarish korxonalari va investitsion loyihalar faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

Navbatdagi manzil “LVKE Industrial Development” qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish korxonasi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, mazkur korxona qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan zamonaviy texnikalarni butlash va yig‘ishni tashkil etishga ixtisoslashgan bo‘lib, bu yerda “BELARUS” brendi ostidagi traktorlar, ularga mos turli xil traktor tirkamalari hamda maxsus qishloq xo‘jaligi uskunalari ishlab chiqariladi.


Loyihaning umumiy qiymati 80 mln dollarni tashkil etadi. Korxona yiliga 1,2 ming dona zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini butlash va yig‘ish quvvatiga ega. Natijada yiliga 2,8 mln dollar miqdoridagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliylashtirish ta’minlanadi.

Tashrif davomida shahar hokimi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifati, korxonaning mavjud quvvatlari hamda istiqboldagi rivojlanish rejalari bilan tanishdi. Xususan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqarish jarayonlariga keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, korxona faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Muhokamalar yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Qayd etilganidek, bunday investitsion loyihalar nafaqat sanoat salohiyatini oshirish, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1🤝1