Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.3K photos
4.48K videos
61 files
13.5K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Bandlik sari muhim qadam: Nurafshonda bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi


Nurafshon shahrida aholini doimiy ish bilan ta’minlash, fuqarolarning bandligini oshirish hamda ularning murojaatlariga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbir "Qumariq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilib, unda Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi vakillari, Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mutaxassislari faol ishtirok etdi.

Yarmarka davomida shahar hududida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan turli yo‘nalishlardagi bo‘sh ish o‘rinlari fuqarolarga taqdim etildi. Jami 18 ta ish beruvchi korxonalar ishtirok etib, 578 ta vakant ish o‘rni bo‘yicha ma’lumotlar berildi hamda nomzodlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.


Tadbirda qatnashgan 45 nafar ishsiz fuqarolarga mavjud imkoniyatlar, mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan kasblar hamda kasb-hunar o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Natijada 2 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, yana 4 nafar ishtirokchi kasb-hunar kurslariga yo‘naltirildi.

Bunday amaliy tadbirlar aholining bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏1


FOTOREPORTAJ: NURAFSHONDA BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Yoshlar ishtirokidagi ommaviy ekologik aksiya

⚽️Nurafshon shahri markazidagi “Vatanparvarlar bog‘i”da O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliya terma jamoasiga qarshi uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi hamda volontyorlar jamoasi ishtirokida “Plogging” ekologik aksiyasi tashkil etildi.

🔘Aksiya davomida bog‘ hududi va uning atrofidagi maydonlar maishiy chiqindilardan tozalanib, atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.


❗️Mazkur tashabbus yoshlarning ekologik muammolarga befarq emasligini, jamoatchilik orasida tozalik va obodonlashtirish madaniyatini targ‘ib etishda faol ishtirok etayotganini yana bir bor namoyon etdi. Aksiya yakunida hududning sanitariya holatini yaxshilashga munosib hissa qo‘shildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2🔥1