Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.3K photos
4.48K videos
61 files
13.5K links
Download Telegram


Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!


2026-yil 25-iyun kuni soat 10:00 da Nurafshon shahar "To‘ytepa" MFY binosida, Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi vakillari, shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan hududdagi ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.

❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.


Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


"Qumariq" mahallasi aholisi uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi


💠Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan o'tkazilgan tibbiy ko‘rik jarayonlariga oilaviy shifokorlar, tor soha mutaxassislari, shuningdek laborator-instrumental tekshiruv xizmatlari jalb qilinib, aholiga ultratovush hamda elektrokardiogramma diagnostik tekshiruvlari o‘tkazildi.

💉Ko‘rik davomida fuqarolar salomatligi chuqur o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tibbiy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida yuqumsiz kasalliklar profilaktikasiga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham olib borildi.


Jumladan, tibbiy tekshiruvdan o‘tgan fuqarolarga yurak xastaliklarini oldini olish, uning kelib chiqish sabablari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

Bu kabi ko'riklar Nurafshon shahrining barcha mahallarida bosqichma-bosqich o'tkazilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1