Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.8K photos
4.61K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


"Qumariq" mahallasi aholisi uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi


💠Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan o'tkazilgan tibbiy ko‘rik jarayonlariga oilaviy shifokorlar, tor soha mutaxassislari, shuningdek laborator-instrumental tekshiruv xizmatlari jalb qilinib, aholiga ultratovush hamda elektrokardiogramma diagnostik tekshiruvlari o‘tkazildi.

💉Ko‘rik davomida fuqarolar salomatligi chuqur o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tibbiy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida yuqumsiz kasalliklar profilaktikasiga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham olib borildi.


Jumladan, tibbiy tekshiruvdan o‘tgan fuqarolarga yurak xastaliklarini oldini olish, uning kelib chiqish sabablari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

Bu kabi ko'riklar Nurafshon shahrining barcha mahallarida bosqichma-bosqich o'tkazilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Elektr uzilishlari kamayadi: Nurafshonda energetika infratuzilmasi modernizatsiya qilinmoqda


Nurafshon shahrida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda infratuzilmani yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-noyabrdagi “Toshkent viloyati Nurafshon shahrida investitsiya va tadbirkorlik muhitini rivojlantirish hamda aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-384-son qarori asosida Birlik MFY hududidagi 29-sonli transformator punktida modernizatsiya ishlari olib borildi.


⚡️ Loyiha doirasida bugungi kunga qadar 82 dona yangi temir-beton tayanch ustun o‘rnatilib, 1,7 kilometr masofaga zamonaviy SIP kabel tarmoqlari tortildi. Shuningdek, quvvati 100 kVA bo‘lgan eski transformator o‘rniga 400 kVA quvvatga ega yangi transformator o‘rnatildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududda elektr energiyasi bilan bog‘liq uzilishlar sezilarli darajada kamayib, aholi uchun yanada qulay va barqaror elektr ta’minoti yaratildi.

❗️Yil yakuniga qadar Oppoq, Evalak, Chig‘iriq, Hurriyat va Dehqonobod mahallalarida ham 76 kilometr SIP kabel tarmoqlarini tortish hamda 848 ta temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Mazkur loyihalar Nurafshon shahrining energetika infratuzilmasini yanada mustahkamlash, aholi turmush sifatini oshirish va hududlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1👏1🤝1


Yangi qonun – giyohvandlikka qarshi kurashda muhim qadam


Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyunda qabul qilingan qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🟣Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Qahramon Mirsafaev , Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi sudyasi Umid Xanaev , Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudi raisi G‘ofur Amonov hamda Nurafshon shahar sudi sudyasi Alisher Nurmatov ishtirok etib, yangi qonun bilan kiritilgan o‘zgartirishlar, ularning amaliy ahamiyati hamda jinoyatchilikning oldini olishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdilar.


Mutaxassislar tomonidan yangi qonun bilan mazkur turdagi jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilgani, xususan, ayrim qilmishlar uchun 5 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanganligi qayd etildi. Tadbir davomida yoshlarni giyohvandlik illatidan asrash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM