Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.3K photos
4.48K videos
61 files
13.5K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Elektr uzilishlari kamayadi: Nurafshonda energetika infratuzilmasi modernizatsiya qilinmoqda


Nurafshon shahrida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda infratuzilmani yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-noyabrdagi “Toshkent viloyati Nurafshon shahrida investitsiya va tadbirkorlik muhitini rivojlantirish hamda aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-384-son qarori asosida Birlik MFY hududidagi 29-sonli transformator punktida modernizatsiya ishlari olib borildi.


⚡️ Loyiha doirasida bugungi kunga qadar 82 dona yangi temir-beton tayanch ustun o‘rnatilib, 1,7 kilometr masofaga zamonaviy SIP kabel tarmoqlari tortildi. Shuningdek, quvvati 100 kVA bo‘lgan eski transformator o‘rniga 400 kVA quvvatga ega yangi transformator o‘rnatildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududda elektr energiyasi bilan bog‘liq uzilishlar sezilarli darajada kamayib, aholi uchun yanada qulay va barqaror elektr ta’minoti yaratildi.

❗️Yil yakuniga qadar Oppoq, Evalak, Chig‘iriq, Hurriyat va Dehqonobod mahallalarida ham 76 kilometr SIP kabel tarmoqlarini tortish hamda 848 ta temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Mazkur loyihalar Nurafshon shahrining energetika infratuzilmasini yanada mustahkamlash, aholi turmush sifatini oshirish va hududlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1🤝1