Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda. Kecha o‘tkazilgan yarmarkadan so‘ng bugun ham navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Shuningdek, ertaga ham ushbu amaliy tadbirni davom ettirish rejalashtirilgan.
✅ Bugungi mehnat yarmarkasi "To'ytepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib o‘tdi. Unda Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi, Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbir davomida 15 ta korxona va tashkilot tomonidan 382 ta bo‘sh ish o‘rni fuqarolar e’tiboriga havola qilindi. Ish izlayotgan fuqarolar korxona vakillari bilan bevosita muloqot qilib, mavjud vakant lavozimlar yuzasidan batafsil ma’lumot oldilar. Yarmarkada 31 nafar ishsiz fuqaro qatnashib, ularga ishga joylashish, kasb tanlash hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Natijada 3 nafar fuqaro ishga yo‘llanma oldi, 2 nafar ishtirokchi esa kasb-hunar o‘quv kurslariga jalb qilindi.
❕ Bunday tadbirlar fuqarolarning bandligini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda oilalar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1