Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.59K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


Nurafshon shahrida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida ko‘rib chiqish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish maqsadida shahar hokimi Qobil Xamdamov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Unda shahar hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar mas’ullari, mahalla faollari hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

Qabul davomida 20 nafar fuqaroning murojaati eshitildi. Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, masalalarning mazmuni chuqur tahlil qilindi hamda ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.


Qabulda ko‘tarilgan masalalarning asosiy qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yer va kadastr, qurilish, kommunal hamda yo‘l infratuzilmasi, bandlik va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlariga oid murojaatlar tashkil etdi.

Yakunda mas’ul tashkilotlar rahbarlariga har bir murojaat yuzasidan aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash hamda amalga oshirilgan ishlar haqida murojaatchilarga belgilangan tartibda ma’lumot berish topshirildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Aziz Nurafshon aholisi!


Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida tashkil etilayotgan bayram tadbiri va konsert dasturiga taklif etamiz.

📆Sana: 2026-yil 3-iyul
⏱️Vaqt: 10:00
📌 Manzil: Nurafshon shahri, Dehqonobod MFY, 13-maktab hududi.


🟣Bayram dasturida dilbar kuy-qo‘shiqlar, madaniy chiqishlar va ko‘tarinki kayfiyat sizni kutmoqda.

🟣Barcha mahalla ahlini ushbu tantanali tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Byudjet tushumlari va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi

Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida mahalliy byudjet tushumlari ijrosi, soliq intizomini mustahkamlash hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar prokurori T. Karimov, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i J. Sayfiyev, shahar hokimining o‘rinbosarlari, moliya, kadastr, elektr, gaz, suv ta’minoti, bandlik tizimi rahbarlari, tijorat banklari hamda boshqa tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, soliq tushumlarini o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash, soliq intizomini mustahkamlash, yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mas’ul tashkilotlarning bu boradagi vazifalari atroflicha muhokama qilindi.


Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–364-son qarori talablari ijrosini ta’minlash, "E-auksion" va "K-savdo" elektron platformalari orqali amalga oshirilayotgan savdolar holati, hududdagi sanoat zonalari va yirik korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

🟢Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish, byudjet tushumlari prognoz ko‘rsatkichlarini so‘zsiz ta’minlash, soliq bazasini kengaytirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha natijadorlikni oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalar ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3