Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1
Nurafshon shahrining barcha mahallalarida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda atrof-muhitni yanada ozoda saqlashga qaratilgan hashar va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.
Mazkur tashabbusga Nurafshon shahar sport maktabi jamoasi ham faol hissa qo‘shmoqda. Jamoa a’zolari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda hashar tashkil etib, gulzor va gulxonalarni begona o‘tlar hamda turli chiqindilardan tozalash, hudud qiyofasini yanada yaxshilash borasida samarali mehnat qilmoqda.
Bunday amaliy ishlar shahrimizning yanada obod, fayzli va ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1👏1👌1
"Mahalla bog‘i" da obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Hashar davomida bog‘dagi daraxtlarning tag qismi yumshatilib, hudud begona o‘tlar va turli chiqindilardan tozalanmoqda. Shuningdek, bog‘ning ekologik va estetik qiyofasini yanada yaxshilash maqsadida manzarali ko‘chatlar ekilib, yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur obodonlashtirish tadbirlari shahrimizning yanada fayzli, ko‘rkam va ekologik jihatdan musaffo bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrini yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yashil hududlar ko‘lamini kengaytirish borasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Xususan, shahar hududidagi xiyobonlar, jamoat maskanlari, ko‘chalar va yashil maydonlarda manzarali daraxt hamda butalar, shuningdek, mavsumiy gullar ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
✅ So‘nggi oylarda 100 ming tupdan ortiq shamshod, atirgul, gultojixo‘roz, geran, rayhon va archa ko‘chatlari ekilib, hududlarning estetik qiyofasi yanada yaxshilanmoqda.
Mazkur ishlar shahar ekologik muhitini sog‘lomlashtirish, aholi uchun yanada qulay va fayzli yashash muhitini yaratish hamda Nurafshonning zamonaviy va yashil shahar qiyofasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1