Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.59K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


Nurafshonda "Mehrli oila" psixologik o‘quv dasturi yo‘lga qo‘yildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son "2026–2030-yillarga moʻljallangan bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Nurafshon shahar hokimining tegishli komissiyasi qaroriga asosan "Mehrli oila" dasturiga start berildi.

Dasturga jami 11 nafar voyaga yetmagan o‘g‘il-qiz hamda ularning ota-onalari jalb etilgan bo‘lib, kamida 72 akademik soat (48 astronomik soatdan kam bo‘lmagan) hajmdagi psixologik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarning dastlabki bosqichida ishtirokchilarga "Mehrli oila" xizmatining maqsad va vazifalari, voyaga yetmaganlarning psixoemotsional holati hamda xulq-atvor xususiyatlarini inobatga olgan holda ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, oiladagi sog‘lom psixologik muhitni tiklash hamda bolalarning ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan oilaviy terapiya xizmatlari bo‘yicha pedagogik va psixologik tavsiyalar berildi.


Mazkur dastur bolalar manfaatlarini ishonchli himoya qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni mustahkamlash hamda farzand tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Bugun Nurafshon shahridagi mahalla hokim yordamchilari tomonidan hashar tashkil etildi.

Hashar davomida o‘zlariga biriktirilgan hududlarda daraxtlar tagi yumshatilib, agrotexnik ishlov berildi, begona o‘tlar va turli chiqindilar tozalanib, yashil maydonlar tartibga keltirildi.

Mazkur bunyodkorlik ishlari hududlar qiyofasini yaxshilash, ekologik musaffolikni ta’minlash hamda mahallalarni yanada obod va ko‘rkam etishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshondan Samarqandgacha — ma’naviy-ma’rifiy sayohat sari

⚡️Yoshlar oyligi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yurtimizning bebaho madaniy boyliklarini keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi Sayyora Fayziyeva hamda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov tashabbusi bilan bir guruh faol yoshlar uchun Samarqand shahriga ikki kunlik ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyushtirildi.

✔️Sayohat davomida ishtirokchilar qadimiy va navqiron Samarqandning tarixiy-me’moriy obidalari bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, Ruhobod, Boburshoh majmualari, Shohi Zinda yodgorlik majmuasi, Registon maydoni hamda Islom Karimov maqbarasi ziyorat qilinib, ushbu maskanlarning boy tarixi, me’moriy ahamiyati va ma’naviy qadriyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.


🟣 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirish, milliy qadriyatlarimizni chuqur anglash, tarixiy merosimizni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍4🔥1