Нурафшон_шахар_ИЮЛ_ОЙИ_ВАКАНЦИЯСИ.xlsx
44.2 KB
Nurafshon shahar hokimligi ishsiz fuqarolarni shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etadi
Hurmatli fuqarolar!
Agar siz ayni paytda ish izlayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizning mutaxassisligingiz, malakangiz va qiziqishlaringizga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
✅ Shuningdek, ishga joylashish masalasida qo‘shimcha ma’lumot olish yoki amaliy ko‘makka ehtiyoj sezsangiz, yashash hududingizdagi hokim yordamchisi yoki mahalla yettiligi a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY TAYINLOV
Usmanov Mirakbar Abdumutal o‘g‘li Nurafshon shahri hokimi yordamchisi lavozimiga tayinlandi.
Mirakbar Usmanov 1991-yilda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2020-yilda Tomsk politexnika universitetini tamomlagan.
Mazkur tayinlovga qadar Olmaliq shahri hokimi yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2👏2
RASMIY TAYINLOV
Dadamatova Gavhar Mahamadaliyevna Nurafshon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Gavhar Mahamadaliyevna Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2011-yilda Toshkent viloyat davlat pedagogika institutini tamomlagan.
Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏2❤1
"Nurafshon Maxsus Texnika" zavodi ishlab chiqarish imkoniyatlari o'rganildi
Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov hamda Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunov Nurafshon shahrida faoliyat yuritayotgan "Nurafshon Maxsus Texnika" MChJ zavodida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni, yangi texnologiyalar va korxonaning istiqboldagi rivojlanish rejalari bilan tanishdi.
✅ Korxona 50 million AQSH dollari miqdoridagi to‘liq xorijiy investitsiya hisobiga barpo etilgan bo‘lib, 346 ta ish o‘rni yaratilgan. Zavod yiliga 3,5 ming dona shassi, 1,5 ming dona maxsus texnika, 1,5–2 ming dona qishloq xo‘jaligi texnikasi hamda 7 200 tonna metall konstruksiya ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Shuningdek, korxonada yuqori texnologiyali bo‘yash va payvandlash liniyalari bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Bu esa ilgari import qilingan qator mahsulotlarni mahalliylashtirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev choʻllanishga qarshi kurashish va choʻl iqtisodiyotini rivojlantirish, shuningdek, “yashil shahar” tamoyillarini joriy etish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по борьбе с опустыниванием и развитию пустынной экономики, а также внедрению принципов «зеленого города».
#Mirziyoyev #taqdimot #chullanish #yashilshahar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по борьбе с опустыниванием и развитию пустынной экономики, а также внедрению принципов «зеленого города».
#Mirziyoyev #taqdimot #chullanish #yashilshahar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!
Ertaga 7-iyul kuni soat 10:00 da Nurafshon shahar "Oppoq" MFY dagi 10-maktabda, Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi vakillari, shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan hududdagi ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.
❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi fuqarolar, yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#Ovoz_bering
❗️ NURAFSHON SHAHRINING ENG FAOL YOSHLAR YETAKCHILARIDAN BIRI, "DEGANTEPA" MAHALLASI YIGIT-QIZLARI LIDERI HUSNIDDIN QURBONOVGA OVOZ BERING!
OVOZ BERISH
✅ Telegram 🌐 Instagram 🌐 Website✅ Facebook
✅ Mazkur so‘rovnoma viloyat miqyosida o‘tkazilmoqda. Shahrimiz vakilini munosib qo‘llab-quvvatlang, ovoz bering!
OVOZ BERISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahridagi ta'lim muassasalarida "Dolzarb 90 kun" tadbirlari faol tashkil etilmoqda
✅ Mazkur tadbirlar doirasida o‘quvchilar sport musobaqalari, ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, ijodiy to‘garaklar, intellektual tanlovlar hamda turli madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va iste'dodlarini namoyon etishmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1