Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.6K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


NURAFSHON SHAHRI AHOLISI DIQQATIGA!

Ertaga 8-iyul kuni soat 09:00 da Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Arziqulov tomonidan fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Qabul davomida sog‘liqni saqlash tizimiga oid murojaatlar, taklif va muammolar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar belgilanadi.
Hurmatli Nurafshon shahri fuqarolari, sizni ushbu sayyor qabulga taklif etamiz.


📍 Manzil: Nurafshon shahar Markaziy shifoxonasi hududidagi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika binosi, 1-qavat. (Lokatsiya)

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshondan Samarqand sari — ma’naviy-ma’rifiy sayohat


⚡️ Yoshlar oyligi doirasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi Sayyora Fayziyeva hamda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov tashabbusi bilan bir guruh faol yoshlar uchun Samarqand shahriga ikki kunlik ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

⚡️Sayohat davomida ishtirokchilar Shohi Zinda yodgorlik majmuasi, Registon maydoni, Ruhobod va Boburshoh majmualari hamda Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilib, Samarqandning boy tarixiy va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar.


Mazkur sayohat yoshlarning milliy qadriyatlarga hurmati hamda tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Ishsizlikni qisqartirish yo‘lidagi muhim qadam — shahar hokimi ishsiz fuqarolarni yirik korxonalarga olib bordi


Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov tashabbusi bilan ishsiz fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida shahardagi 2 ta yirik ishlab chiqarish korxonasiga ekskursiya tashkil etildi.

jarayonda shahar hokimi fuqarolarni korxonalardagi mavjud ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari, ish haqi hamda xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan shaxsan tanishtirdi. Korxona rahbarlari ishtirokchilarga faoliyat yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berib, bugungi kunda ularda ishchi kuchiga ehtiyoj yuqori ekanini ta’kidladi.

Xususan, korxonalardan biri yaqin muddatda qariyb 300 nafar, ikkinchisi esa 50 nafardan ortiq fuqaroni ish bilan ta’minlash imkoniyatiga ega ekanini ma’lum qildi. Amaliy uchrashuv o‘zining ijobiy samarasini berdi. Natijada 10 nafarga yaqin xotin-qiz shu joyning o‘zida ishga qabul qilinib, ularning bandligi ta’minlandi.


Bunday tashabbuslar ishsiz fuqarolarni bo‘sh ish o‘rinlari bilan bevosita tanishtirish, ularni munosib ishga joylashtirish hamda aholi bandligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62👏2👌1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahrida giyohvandlikka qarshi kurashish, ushbu yo‘nalishdagi qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir tafsilotlari bilan “Sevimli TV” lavhasi orqali tanishing.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshonda sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha sayyor qabul tashkil etildi


Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov taklifiga binoan tashkil etilgan qabulda Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i tomonidan fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasiga oid murojaatlarini o‘rganib, mavjud muammolariga amaliy yechimlar taqdim etildi.

Unda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Arziqulov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, shahar sog‘liqni saqlash tizimi mas’ullari, shahar Inson ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Xalq qabulxonasi rahbarlari ishtirok etdi.


Qabul davomida fuqarolar tomonidan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, davolanish jarayonlari, dori-darmon ta’minoti, nogironlikni rasmiylashtirish, ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rik va davolanish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Jarayonda jami 30 ta murojaat qabul qilindi. Shundan 9 ta murojaat yuzasidan huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi, 1 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 11 ta murojaat tibbiyot birlashmasi tomonidan ijroga olindi, 9 ta murojaat esa Inson ijtimoiy xizmatlar markaziga tegishli tartibda yo‘naltirildi.


Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish va mavjud muammolarga tezkor yechim topishga qaratilgan bunday sayyor qabullar aholi manfaatlarini ta’minlash hamda davlat organlarining xalq bilan ochiq muloqotini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥2🤝1


Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan "Shukronalik" loyihasi doirasida bugun shahar Nuroniy maskanida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Respublika Nuroniy jamg‘armasi mas'ullari, shahar Nuroniy jamg‘armasi raisi J.Axmedqulov va faol nuroniylar ishtirok etib, yurtimiz mustaqilligining beqiyos qadri, tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash hamda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan mazmunli fikr-mulohazalar bildirdilar.


Tadbir davomida Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan Vatan madh etilgan kuy-qo‘shiqlar, badiiy va musiqiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM