Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.57K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davom etmoqda


“Xavfsiz va sog‘lom yurt” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Nurafshon shahri hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi reyd tadbirlari izchil olib borilmoqda.

❗️Reydlar davomida jamoat joylari, ko‘ngilochar maskanlar va aholi gavjum hududlarda profilaktik nazorat ishlari amalga oshirilib, qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.


Mazkur tadbirlar fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimini topish maqsadida Birlik mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda shahar hokimligi mutasaddilari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla vakillari hamda mas’ul idoralar xodimlari ishtirok etib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglandi.

Qabul jarayonida 23 nafar fuqaro o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qildi. Har bir murojaat bo‘yicha batafsil muhokama o‘tkazilib, ularni ijobiy hal etishning huquqiy va amaliy mexanizmlari ko‘rib chiqildi. 3 ta murojaat shu joyning o'zida ijobiy hal etildi.


Murojaatlarning asosiy qismi uy-joy va yer munosabatlari, kadastr masalalari, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy yordam, bandlikni ta’minlash, sog‘liqni saqlash hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.

Qabul yakunida tegishli tashkilotlar va mas’ul rahbarlarga murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni belgilangan muddatlarda hal etish, ijro jarayonini doimiy nazoratga olish hamda natijalari yuzasidan fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda axborot taqdim etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥1🤝1


Kiberjinoyatlarga qarshi targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda

Nurafshon shahrining Obod, Yangiobod va Ma'rifat mahallalari fuqarolari uchun Cyber University volontyorlari tomonidan o'tkazilgan tadbirlar davomida fuqarolarga bugungi kunda keng tarqalayotgan kiberfiribgarlik usullari, ularning oldini olish choralari hamda internet makonida xavfsiz harakatlanish qoidalari haqida sodda va tushunarli tilda batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga shaxsiy va bank ma'lumotlarini ishonchli himoya qilish, kuchli parollardan foydalanish, shubhali havolalar va xabarlardan ehtiyot bo'lish, ijtimoiy tarmoqlarda axborot xavfsizligiga rioya etish bo'yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Uchrashuvlarda sun'iy intellekt texnologiyalaridan oqilona va mas'uliyat bilan foydalanish, uning ta'lim, mehnat va kundalik hayotdagi imkoniyatlari hamda ehtimoliy xavflari yuzasidan ham keng tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar va volontyorlardan batafsil javob oldilar.


Mazkur targ'ibot tadbirlari aholining raqamli savodxonligini oshirish, kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish hamda fuqarolarni turli kiberjinoyatlardan himoya qilishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1