Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Degantepa mahalla yettiligi xalq oldida hisobot berdi
Nurafshon shahridagi “Degantepa” mahallasida Mahalla kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazilib, mahalla yettiligi tomonidan 2026-yilning oʻtgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan aholi oldida hisobot berildi.
Yigʻilishda mahalla fuqarolar yigʻini raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim, Mahalla kengashi aʼzolari, mahalla faollari hamda nuroniylar ishtirok etdi.
🔹 Hisobot davomida mavjud muammolar muhokama qilinib, yilning ikkinchi yarmida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
✔️ Yigʻilish yakunida mahalla faollari va nuroniylar tomonidan bildirilgan takliflar asosida mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida har haftaning payshanba kuni rahbarlar va yoshlar uchrashuvi o'tkazilib, hududdagi yigit-qizlarning muammo va takliflari o'rganilmoqda, ularning tashabbuslari esa har tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari joyida hal etildi
Shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida har hafta muntazam o‘tkazilayotgan sayyor va shaxsiy qabullar orqali fuqarolarni qiynab kelayotgan ko‘plab muammolarga amaliy yechim topilmoqda.
✅ Jumladan, kuni kecha Birlik mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda sog‘lig‘ida jiddiy muammosi bo‘lgan fuqaro Zilola Mullaboyevaning murojaati qisqa muddatda ijobiy hal etilib, unga moddiy yordam ko‘rsatildi. Fuqaro davlatimiz va Prezidentimizning e’tibori hamda g‘amxo‘rligini chuqur his qilganini bildirib, bu e’tibor unga katta dalda bo‘lganini qayd etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3❤2🤝1
Mahalla "yettiligi"ning 6 oylik faoliyati tahlil qilindi
🟣 Tadbirda Nuroniy jamg‘armasi raisi J.Axmedqulov va faol nuroniylar, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, ijtimoiy xodimlar, Mahalla kengashi aʼzolari ishtirok etdilar.🟣 Hisobotlar davomida hududlarda aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, yoshlar va xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash, fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1👌1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari keng qamrovda davom etmoqda
Tadbirlar doirasida shahar hududlarida profilaktik reydlar, tushuntirish ishlari, yoshlar va fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, jamoat tartibini mustahkamlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Shuningdek, mahallalarda mas’ul idoralar hamkorligida fuqarolar bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Aziz yurtdoshlar!
Yurtimiz tinchligi va mahallalarimiz osoyishtaligini asrash barchamizning sharafli burchimizdir. Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik bayramini tinch, osoyishta va yuqori kayfiyatda kutib olaylik. “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlarida faol ishtirok eting. Qonunlarga hurmat bilan yondashish, jamoat tartibiga rioya qilish va har qanday huquqbuzarliklarga befarq bo‘lmaslik orqali yurtimiz tinchligi va farovonligiga o‘z hissamizni qo‘shaylik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
"Xavfsiz va sog'lom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi davomida Nurafshon shahar IIB voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha inspektor-psixologlar tomonidan keng qamrovli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, profilaktik tadbiri doirasida probatsiya nazoratida turgan, profilaktik hisobga olingan voyaga yetmaganlarning yashash manzillari o'rganildi.
O'rganish davomida voyaga yetmaganlarning ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o'tkazilib, farzand tarbiyasi uchun mas'uliyat, ularning xulq-atvori ustidan doimiy nazoratni kuchaytirish, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1