Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.57K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


Mehnat faoliyatingizni tekshirishni unutmang!

🟣Har bir rasmiy ish kuni, har bir ish staji va har bir to‘g‘ri ma’lumot — kelajakdagi munosib pensiya sari muhim qadam.

✔️Bugun tekshiring — ertangi xotirjamligingizni ta’minlang!


🟣Shunda pensiya tayinlash jarayoni ham proaktiv tarzda tezkor va qulay amalga oshiriladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Biznesingiz uchun qulay va gavjum hududdan joy izlayapsizmi?


Nurafshon shahar hokimligi yirik brend vakillari, tadbirkorlar hamda o‘z biznesini boshlash yoki kengaytirish istagidagi yurtdoshlarimizni hamkorlikka chorlaydi.

Nurafshon shahrining markaziy ko‘chasi bo‘ylab barpo etilgan zamonaviy savdo nuqtalarida o‘z faoliyatingizni yo‘lga qo‘ying va biznesingizni yangi bosqichga olib chiqing. Siz uchun qulay shartlar va maqbul narxlardagi eng istiqbolli joylar taklif etiladi.


Siz ham biznesingizni Nurafshonda rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling va o‘zingizga mos savdo shoxobchasini xarid qiling.
☎️ +99899 370 66 08

Biznesingizni Toshkent viloyatining ma’muriy markazi — Nurafshon shahrida rivojlantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


🔴Ayni vaqtda Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar uchun hududdagi investitsiya loyihalari va zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etilmoqda.

Press-tur davomida ishtirokchilar korxonalarda amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan yangi ish o‘rinlari, ilg‘or texnologiyalar hamda hududning investitsiyaviy salohiyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.

📸 Press-tur jarayonlaridan batafsil lavhalar va ma'lumotlar tez orada e'lon qilinadi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida har haftaning payshanba kuni rahbarlar va yoshlar uchrashuvi o'tkazilib, hududdagi yigit-qizlarning muammo va takliflari o'rganilmoqda, ularning tashabbuslari esa har tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda.

Jarayon tafsilotlari bilan “Nurafshon TV” tayyorlagan lavha orqali tanishing.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Degantepada mehnat yarmarkasi o'tkazildi

Nurafshon shahrida aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Bugungi mehnat yarmarkasi "Degantepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib o‘tdi. Unda Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi, Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ullari ishtirok etdi.


Tadbir davomida 11 ta korxona va tashkilot tomonidan 285 ta bo‘sh ish o‘rni fuqarolar e’tiboriga havola qilindi. Ish izlayotgan fuqarolar korxona vakillari bilan bevosita muloqot qilib, mavjud vakant lavozimlar yuzasidan batafsil ma’lumot oldilar. Yarmarkada 22 nafar ishsiz fuqaro qatnashib, ularga ishga joylashish, kasb tanlash hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Natijada 1 nafar fuqaro ishga yo‘llanma oldi, 3 nafar ishtirokchi esa kasb-hunar o‘quv kurslariga jalb qilindi.

Bunday tadbirlar fuqarolarning bandligini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda oilalar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM