Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.57K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


🔴Ayni vaqtda Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar uchun hududdagi investitsiya loyihalari va zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etilmoqda.

Press-tur davomida ishtirokchilar korxonalarda amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan yangi ish o‘rinlari, ilg‘or texnologiyalar hamda hududning investitsiyaviy salohiyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.

📸 Press-tur jarayonlaridan batafsil lavhalar va ma'lumotlar tez orada e'lon qilinadi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida har haftaning payshanba kuni rahbarlar va yoshlar uchrashuvi o'tkazilib, hududdagi yigit-qizlarning muammo va takliflari o'rganilmoqda, ularning tashabbuslari esa har tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda.

Jarayon tafsilotlari bilan “Nurafshon TV” tayyorlagan lavha orqali tanishing.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Degantepada mehnat yarmarkasi o'tkazildi

Nurafshon shahrida aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Bugungi mehnat yarmarkasi "Degantepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib o‘tdi. Unda Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi, Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ullari ishtirok etdi.


Tadbir davomida 11 ta korxona va tashkilot tomonidan 285 ta bo‘sh ish o‘rni fuqarolar e’tiboriga havola qilindi. Ish izlayotgan fuqarolar korxona vakillari bilan bevosita muloqot qilib, mavjud vakant lavozimlar yuzasidan batafsil ma’lumot oldilar. Yarmarkada 22 nafar ishsiz fuqaro qatnashib, ularga ishga joylashish, kasb tanlash hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Natijada 1 nafar fuqaro ishga yo‘llanma oldi, 3 nafar ishtirokchi esa kasb-hunar o‘quv kurslariga jalb qilindi.

Bunday tadbirlar fuqarolarning bandligini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda oilalar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon mahallalari “Zakovat” maydonida bellashdi

O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi hamda Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida mahallalar o‘rtasida “O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi raisi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

Musobaqada 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan mahalla jamoalari ishtirok etib, turli yo‘nalishlardagi mantiqiy va bilimga oid savollarga tezkor hamda aniq javob berish orqali o‘zlarining intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Bellashuvlar yuqori saviyada, qizg‘in va murosasiz bahslar ruhida kechdi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan “Nurafshon” hamda “Navro‘z” mahalla jamoalari g‘olib deb topildi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirilib, ular musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.


Mazkur intellektual bellashuv mahallalarda kitobxonlik va bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda jamoaviy hamkorlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.

G‘olib jamoalarga viloyat bosqichida ham muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1