Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.5K photos
4.76K videos
64 files
14K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida savdo nuqtalarini qulay narxlarda xarid qiling yoki ijara asosida foydalaning


Nurafshon shahar hokimligi yirik brend vakillari, tadbirkorlar hamda o‘z biznesini boshlash yoki kengaytirish istagidagi yurtdoshlarimizni hamkorlikka chorlaydi.

Nurafshon shahrining markaziy ko‘chasi bo‘ylab barpo etilgan zamonaviy savdo nuqtalarida o‘z faoliyatingizni yo‘lga qo‘ying va biznesingizni yangi bosqichga olib chiqing. Siz uchun qulay shartlar va maqbul narxlardagi eng istiqbolli joylar taklif etiladi.

Siz ham biznesingizni Nurafshonda rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling va o‘zingizga mos savdo shoxobchasini xarid qiling.

☎️ +99899 080 33 44
☎️ +99893 327 28 92

❗️Diqqat! Mazkur targ‘ibot materiali bo‘yicha Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati hech qanday manfaatdor tomon hisoblanmaydi. Ushbu targ‘ibot ishlari shahar hududida foydalanilmay turgan inshootlarni ochiq savdoga chiqarish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎2


Nurafshon shahar elektr tarmoqlari korxonasi hamda shahar gaz ta'minoti bo'limi tomonidan shahar hududidagi elektr uzatish tarmoqlari va tayanch ustunlarini soz holatda saqlash, ularning xavfsiz hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida tizimli texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, elektr tarmoqlaridagi temir tayanchlarga qayta bo‘yoq berilib, ularning texnik holati mutaxassislar tomonidan atroflicha nazoratdan o‘tkazilmoqda. Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar elektr infratuzilmasining xizmat muddatini uzaytirish, korroziyaning oldini olish hamda tarmoqning ishonchli faoliyatini ta’minlashga xizmat qilmoqda.


Hududlarda olib borilayotgan profilaktik va ta’mirlash ishlari aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida davom ettirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshondagi yirik sanoat korxonalariga OAV uchun press-tur tashkil qilindi


🇺🇿🇨🇳 Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari hududning sanoat salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilmoqda. Shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan press-tur davomida OAV vakillari Xitoy investitsiyasi asosida barpo etilgan "DA SHUN GROUP" qurilish texnoparki faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur texnopark 2025-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 120 million AQSH dollarini tashkil etadi. Bu yerda qurilish sanoati uchun zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarilib, 300 nafardan ortiq fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan. Ayni paytda texnopark hududida 38 dan ortiq ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonasi faoliyat yuritmoqda.


Texnoparkda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozor bilan bir qatorda Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistonga ham eksport qilinmoqda. Kelgusida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda korxonalar sonini yanada ko‘paytirish orqali Nurafshon shahrining iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish rejalashtirilgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👎1


Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida


Bugun Nurafshon shahar Xalq qabulxonasida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sh. Inomxonov, hokim o‘rinbosari N. Djumanova, shahar mahallalar uyushmasi rahbari Z.Maxsudova shuningdek, tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, yer va kadastr masalalari, qurilish, kommunal xizmatlar, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash xizmatlariga oid murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


❗️Ko‘tarilgan masalalarning ayrimlari qabul jarayonining o‘zida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ijrosi uchun mas’ul tashkilotlarga biriktirildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👎1🔥1


Toshkent yo‘li ko‘chasidagi tashqi reklama vositalari qonunchilik talablariga muvofiqligi o‘rganildi


Nurafshon shahar hokimi maslahatchisi M. Shoismanova tomonidan Toshkent yo‘li ko‘chasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida tashqi reklama vositalarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari oldiga o‘rnatilgan reklama bannerlari, peshlavhalar hamda boshqa tashqi axborot vositalarining davlat tili me’yorlariga muvofiq, savodli va to‘g‘ri yozilgani, shuningdek, ularning belgilangan dizayn, o‘lcham va joylashtirish talablari asosida o‘rnatilgani ko‘zdan kechirildi.

Nazorat tadbirlari davomida ayrim tashqi reklama vositalarida amaldagi qonunchilik talablariga zid holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.


Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari vakillariga tashqi reklama vositalarini joylashtirishda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga qat’iy rioya etish, davlat tiliga hurmat bilan yondashish hamda shahar me’moriy qiyofasi va estetik ko‘rinishini saqlash yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

Aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish hamda bunday holatlarning kelgusida takrorlanishining oldini olish maqsadida mas’ullarga ogohlantirish xatlari topshirildi.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👎1