Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.5K photos
4.75K videos
64 files
14K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


📌Toshkent – Nurafshon yo‘lining Food City ko‘prigidan Avangardgacha bo‘lgan qismi yopilmoqda

Ma’lum qilinishicha, Toshkent va Nurafshon shaharlarini bog‘lovchi avtomobil yo‘lida joriy yilning 21-iyul kuniga qadar transport vositalarining harakati to‘liq cheklandi.


Batafsil videoda!

❗️Haydovchilarga yuborib, ogohlantirib qo‘ying!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Siz ta'tilda bo‘lganingizda, xonadoningiz kimning nazoratida?


Qo‘riqlash departamentining "Aqlli uy" loyihasi bilan xonadoningiz doimiy nazorat ostida bo‘ladi. Barcha kuzatuv va boshqaruv mobil qurilmangiz orqali amalga oshiriladi, xavfsizlik esa malakali mutaxassislar ishonchli qo‘llarida.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1
Mahalla – xalqqa eng yaqin boshqaruv bo‘g‘ini. Odamlarning kundalik masalalari shu yerning o‘zida, ortiqcha ovoragarchiliksiz hal bo‘lishi kerak,

– dedi Prezidentimiz.

Hozir “yettilik” orqali 100 ga yaqin xizmat ko‘rsatilmoqda. Endi barcha davlat xizmatlari bosqichma-bosqich mahallaga tushiriladi.

Namangan viloyatiga tashrif chog‘ida Norin tumanidagi Yangi Namangan mahallasi misolida samarali tajriba yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda Axborot va xizmat markazi tashkil etilib, 8 ta olis mahalla aholisi uchun bir joyda 980 ta davlat xizmati ko‘rsatilmoqda.

Xovos tumanidagi Qahramon mahallasida ham Vengriyaning “aqlli qishloq” tajribasi asosida shunday markaz tashkil etilmoqda.

Yil yakunigacha Norin va Xovos tajribalarini Qo‘ng‘irot, Konimex, Boysun, Qamashi, Qo‘shrabot, Tuproqqal’a, G‘ijduvon, Forish, Beshariq, Jalaquduq va Ohangaron tumanlarida joriy etish topshirildi. Urganch shahridagi Olimpiya mahallasida yo‘lga qo‘yilgan “aqlli mahalla” tajribasi esa har bir viloyatning 10 tadan mahallasida tatbiq qilinadi.

Facebook|Instagram|X
1👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xavfsiz_va_sog‘lom_yurt

📣Yaqinlarimizni kiberfiribgarlardan himoya qilaylik!

📱Kiberfiribgarlar ayniqsa keksa yoshdagi fuqarolarni soxta qo‘ng‘iroqlar va zararli APK ilovalari orqali aldab, bank kartalari ma’lumotlari hamda SMS tasdiqlash kodlarini qo‘lga kiritishga urinmoqda.

❗️Shuni unutmang:
🔹Bank karta ma’lumotlari va SMS kodlarini hech kimga bermang.
🔹Noma’lum manbalardan yuborilgan APK ilovalarni o‘rnatmang.
🔹Shubhali qo‘ng‘iroqlarga ishonmang va suhbatni darhol yakunlang.
Bir necha daqiqalik ogohlantirish yaqinlarimizning mablag‘lari va shaxsiy ma’lumotlarini asrashga yordam beradi.

🛡Ogoh bo‘ling! Kiberfiribgarlarning eng kuchli quroli — ishonchingizdir.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👎1
DIQQAT! E’LON!

Toshkent suv omborida lokal xabar berish tizimining texnik sinovi o‘tkaziladi

Joriy yilning 17-iyul kuni Toshkent suv ombori hududida o‘rnatilgan lokal xabar berish tizimining ishga tayyorligini tekshirish maqsadida texnik sinov o‘tkaziladi.

Sinov jarayonida Nurafshon shahri, O‘rta Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlarining ayrim hududlarida sirenalar hamda ovozli ogohlantirish qurilmalari qisqa muddatga ishga tushirilishi mumkin.

Hurmatli yurtdoshlar, mazkur tadbir belgilangan reja asosida tashkil etilayotgan bo'lib, xabar berish qurilmasining texnik holati sinov o'tkaziladi. Mazkur vaziyatni to‘g‘ri qabul qilishni va xotirjamlikni saqlash so‘raladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Muqimiy MFYda tibbiyot birlashmasi rahbarining sayyor qabuli o‘tkazildi


Kuni kecha Muqimiy MFY binosida tibbiyot birlashmasi rahbari M. Peltabayeva tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Qabul davomida mahalla fuqarolari tomonidan bildirilgan murojaatlar, muammo va takliflar atroflicha tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ayrim masalalar joyida hal etilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar hamda amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning ijrosini ta'minlash maqsadida ular nazoratga olindi.


Muqimiy MFY binosiga qabulga kela olmagan fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurilib, ularga zarur tibbiy tavsiyalar va maslahatlar berildi.

Tadbir doirasida narkolog Xurshida G‘ulomova tomonidan aholi uchun "Giyohvandlik — umr zavoli" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
⚡️2026 йил 17 июль куни «Машъал» газетасининг навбатдаги 28-сони босмадан чиқди.

Газетанинг ушбу сонида

📌 “Қорасувнинг қирғоғида ёнар чироқлар";

📌 “Нурафшонда
замонавий махсус техника ишлаб чиқаришнинг янги босқичи;

📌 “Янги ўқув биноси қурилмоқда, янги спорт зали-чи?";


📌 “Ўртачирчиқлик каноэчи – Осиё чемпиони!”;

📌 “Деворда осилмаган суратлар”;

📌 “Тоза сув – барчага малҳам";

📌 “Алифбо ислоҳоти: уч масала бўйича бир мулоҳаза”;

📌 “Узилган қарз”

каби мақолалар ва “Дарсхона” рукнида Эрнест Ҳемингуэй сабоқлари эълон қилинди.

Бир жуфт шеър” рукнида шоир Шукур Қурбоннинг икки шеърини ўқишингиз мумкин.

Шунингдек, ҳафта давомида рўй берган воқеалар юзасидан хабарлар чоп этилган.

⚡️ТЎЛИҚ ЎҚИШ УЧУН:
https://online.anyflip.com/kwqml/wboi/mobile/index.html
1👍1


Nurafshonda ko‘p qavatli uylar xavfsizligi kuchaytirilmoqda

"Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik tadbirlari doirasida Nurafshon shahrining Yangiobod mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklariga 1131 ta tashvish tugmasi o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur amaliy ishlar Nurafshon shahar Ichki ishlar bo‘limi tomonidan aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarda tezkor choralar ko‘rish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, hududdagi barcha ko‘p qavatli uylarni bosqichma-bosqich tashvish tugmalari bilan jihozlash ishlari izchil davom ettirilmoqda. Bu esa fuqarolarning xavfsizligini yanada mustahkamlash va jamoat tartibini ta’minlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2