Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.5K photos
4.74K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram


Nurafshon mahallasida aholi murojaatlari joyida o‘rganildi


Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yechim topish — Nurafshon shahrida olib borilayotgan ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Nurafshon mahallasida shahar hokimi Qobil Xamdamov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Uch yarim soat davom etgan ochiq muloqotda 31 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Murojaatlar davomida fuqarolar tomonidan bandlik, tadbirkorlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish va boshqa masalalar yuzasidan taklif hamda muammolar bildirildi.

Ayrim murojaatlar joyida o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha esa mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalarni bevosita shahar rahbariga yetkazish imkoniga ega bo‘ldi. Har bir murojaatni e’tiborsiz qoldirmaslik, muammoni shunchaki eshitish bilan cheklanib qolmay, uning yechimini topish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Aholi bilan muloqot — muammolarni o‘rganishning eng samarali yo‘llaridan biri. Zero, inson qadri va uning manfaatlarini ta’minlash har qanday islohotning asosiy mezonidir.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon — Yangi Oʻzbekistonning yangi qiyofasi

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshonda fuqarolar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlovchi inklyuziv maydon tashkil etildi

Nurafshon shahrida yangidan barpo etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi hududida barcha fuqarolar, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay sharoitlar yaratilgan zamonaviy inklyuziv maydon tashkil etildi.

Mazkur maydon viloyatda o‘ziga xos inklyuziv maskan bo‘lib, bu yerga kelgan fuqarolar hamda yoshlar mazmunli vaqt o‘tkazishi, dam olishi, jismoniy faollik bilan shug‘ullanishi mumkin.


Yoʻlga qoʻyilgan bunday sharoitlar jamiyatda teng imkoniyatlarni ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiylashuvi, faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlash hamda inklyuziv muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

🎥 Tafsilotlar yuqoridagi videolavhada.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Barcha sa'y-harakatlarimiz bir maqsadga — Nurafshon shahrini Toshkent viloyatining taraqqiyot drayveriga, viloyat aholisining faxri va iftixoriga aylantirishga qaratilgan — Shavkat Mirziyoyev
.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BizningPrezident

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yurtimizda 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Sana munosabati bilan joriy yilning 23-31-iyul kunlari mamlakatimiz bo‘ylab "Do‘stlik" festivali tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

🌎 Festival doirasida bir hafta davomida respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahridagi nufuzli san’at saroylari, teatrlar, konsert zallari, tomosha maydonlari va so‘lim xiyobonlari hamda bog‘larida turli madaniy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy kabi qiziqarli bayramona tadbirlar o‘tkaziladi.

⬅️Do‘stona ohangda kuylangan konsert dasturlari, adabiyot olamida milliy va umummilliy qadriyatlar tarannumi aks etgan badiiy asarlar talqini haftalik bezagi bo‘ladi. "Do‘stlik" festivali – O‘zbekiston Respublikasining Millatlararo munosabatlarga doir davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan islohotlarning mazmun mohiyatini aks ettiruvchi voqelik.


"Do‘stlik" festivali dunyo ahlini totuvlik va hamjihatlik haqida jiddiy o‘ylashga chorlovchi tashabbus. Ushbu tashabbusni siz ham biz bilan qo‘llab-quvvatlang, festival ishtirokchisiga aylaning.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Tayanch mahallasida amalga oshiriladigan ishlar aniq belgilab berildi

Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov og‘ir (tayanch) mahalla sifatida belgilangan “Nurafshon” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari, nuroniylar va aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda shahar hokimining barcha o‘rinbosarlari, shahar korxona va tashkilotlari vakillari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi. Muloqot davomida mahallani kompleks rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Jumladan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.


Shahar hokimi tomonidan mahallada amalga oshiriladigan vazifalar aniq taqsimlanib, mas’ullar biriktirildi. Shuningdek, mahallani rivojlantirish shtabiga amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kunlik ma’lumotlarni xonadonbay va aholi bilan bevosita muloqot qilish asosida muntazam taqdim etib borish belgilandi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM