Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.4K photos
4.74K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yurtimizda 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Sana munosabati bilan joriy yilning 23-31-iyul kunlari mamlakatimiz bo‘ylab "Do‘stlik" festivali tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

🌎 Festival doirasida bir hafta davomida respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahridagi nufuzli san’at saroylari, teatrlar, konsert zallari, tomosha maydonlari va so‘lim xiyobonlari hamda bog‘larida turli madaniy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy kabi qiziqarli bayramona tadbirlar o‘tkaziladi.

⬅️Do‘stona ohangda kuylangan konsert dasturlari, adabiyot olamida milliy va umummilliy qadriyatlar tarannumi aks etgan badiiy asarlar talqini haftalik bezagi bo‘ladi. "Do‘stlik" festivali – O‘zbekiston Respublikasining Millatlararo munosabatlarga doir davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan islohotlarning mazmun mohiyatini aks ettiruvchi voqelik.


"Do‘stlik" festivali dunyo ahlini totuvlik va hamjihatlik haqida jiddiy o‘ylashga chorlovchi tashabbus. Ushbu tashabbusni siz ham biz bilan qo‘llab-quvvatlang, festival ishtirokchisiga aylaning.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Tayanch mahallasida amalga oshiriladigan ishlar aniq belgilab berildi

Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov og‘ir (tayanch) mahalla sifatida belgilangan “Nurafshon” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari, nuroniylar va aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda shahar hokimining barcha o‘rinbosarlari, shahar korxona va tashkilotlari vakillari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi. Muloqot davomida mahallani kompleks rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Jumladan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.


Shahar hokimi tomonidan mahallada amalga oshiriladigan vazifalar aniq taqsimlanib, mas’ullar biriktirildi. Shuningdek, mahallani rivojlantirish shtabiga amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kunlik ma’lumotlarni xonadonbay va aholi bilan bevosita muloqot qilish asosida muntazam taqdim etib borish belgilandi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qurilishiga start berilgan Toshkent – Samarqand yangi avtomagistrali, Nurafshonda tamal toshi qo‘yilgan Kelajak texnologiyalari markazi va boshqa keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari Toshkent viloyatini Yangi O‘zbekiston iqtisodiy va texnologik taraqqiyotining qudratli tayanchiga aylantiradi.

Новая автомагистраль Ташкент – Самарканд, Центр технологий будущего в Нурафшане и другие масштабные созидательные проекты превратят Ташкентскую область в мощную опору экономического и технологического развития Нового Узбекистана.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1


Tayanch mahallada vazifalar aniq taqsimlanib, mavjud holat joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Avvalroq xabar berilganidek, bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov hududda og‘ir (tayanch) mahalla sifatida belgilangan “Nurafshon” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari, nuroniylar va aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Mazkur mahallada 8 ta ko‘cha, 1018 ta xonadon va 3 405 nafar aholi istiqomat qiladi. Ochiq muloqotdan so‘ng shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida tegishli mas’ullar, mahalla yettiligi, ko‘chaboshilar, jamoatchilik vakillari, nuroniylar hamda volontyorlar ishtirokida hududdagi mavjud holat bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida har bir ko‘cha, har bir xonadon va har bir muammo kesimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olinib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.


Jumladan, mahalladagi ishsiz aholini aniqlash va ularning bandligini ta’minlash, norasmiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga qonunchilik doirasida huquqiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish, qarovsiz va foydalanilmayotgan binolarni nazoratga olish, mavjud kommunikatsiya va muhandislik tarmoqlaridagi muammolarni bartaraf etish, hududning obodonlashtirish holatini yaxshilash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, ko‘p qavatli uy-joylar hamda ijtimoiy soha obyektlarining mavsumga shayligini ta’minlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan ham tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Mahalladagi mavjud muammolarni faqat qog‘ozdagi ma’lumotlar asosida emas, balki bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, har bir masalani mas’ulga biriktirish va ijrosini nazorat qilish bo‘yicha aniq tizim yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

❗️Endilikda “Nurafshon” mahallasida har bir ko‘cha, har bir xonadon va har bir oila kesimida manzilli ishlar tashkil etilib, belgilangan vazifalarning natijadorligi muntazam nazorat qilib boriladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tafsilot

Umumiy qiymati 50 million AQSh dollari boʻlgan loyiha doirasida 25,8 gektar maydonda tashkil etilgan “Nurafshon maxsus texnika” korxonasida bugungi kunda “KRANTAS” brendi ostida maxsus turdagi avtomobillar, harbiy texnika va turli mexanizmlar ishlab chiqarilmoqda.

Tafsilotlar bilan O‘zbekiston 24 telelavhasida tanishing.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3