Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.74K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram
Янги ҳаёт ва ёруғ келажак рамзи

Ёхуд Нурафшон Янги Ўзбекистон иқтисодий ва технологик тараққиётининг қудратли таянчига айланмоқда

👉 https://xs.uz/kr/news/-b4f953d2

Расмий саҳифаларимиз 👇

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
2👏1


Nurafshon shahridagi mahallalarni obod qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

Bugun kun avvalida Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov ishtirokida “Dolzarb 40 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida shahardagi barcha mahallalarida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar taqsimlanib, mas’ullarga vazifalar yuklatildi.


🔘Muloqotlarda shahar hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda sohaga mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi. Unda mahallalarni kompleks rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Xususan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash va modernizatsiya qilish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida belgilangan chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida shahardagi barcha mahallalarda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash, hududlarni obod va ko‘rkam maskanlarga aylantirish hamda aholi uchun yanada qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥1👏1


🎥 Nurafshondagi yirik investitsion loyiha faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv suratga olinmoqda

Ayni vaqtda O‘zbekiston 24 hamda Nurafshon TV telekanallari ijodkorlari hamkorligida Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalardan biri — “DA SHUN GROUP” Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi qurilish texnoparki faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv suratga olinmoqda.

Tasvirga olish jarayonida texnoparkning tashkil etilishi, ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalar, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda loyihaning shahar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdagi ahamiyati keng yoritilmoqda.


Maxsus ko‘rsatuv orqali tomoshabinlarga Nurafshon shahrida xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy sanoat infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21