O‘zbekistonning eng istiqbolli startaplari uchun navbatdagi cheksiz imkoniyatlar eshigi ochildi.
Tanlov inkubatsiya, akseleratsiya va eng yaxshi startap loyihalari yo‘nalishlarini qamrab olib, g‘oliblarga grantlar, investitsiyalar hamda tajribali mentorlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi.
Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda qatnashishlari mumkin:
🔹 Inkubatsiya (Idea va MVP)
🔹 Akseleratsiya (Pre-seed va Seed )
🔹 Best Startup Project (Seed va Series A)
Ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklov yo‘q.
📌 Arizalar qabuli:
Inkubatsiya dasturi - 10 Avgust
Akseleratsiya dasturi - 10 Avgust
Best Startup Project - 31 Avgust
Arizangizni hoziroq awards.gov.uz orqali topshiring va keyingi muvaffaqiyat hikoyasining bir qismiga aylaning.
Muhim eslatma hududni tanlayotganingizda Toshkent viloyatini belgilab keting!
Ro'yhatdan o'tishda savollaringiz bo'lsa @fayoz_19 ushbu telegram orqali aloqaga chiqing!
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda elektr ta’minoti barqarorligi yanada kuchaytirilmoqda
✅ Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-noyabrdagi “Toshkent viloyati Nurafshon shahrida investitsiya va tadbirkorlik muhitini rivojlantirish hamda aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-384-son qarori asosida Hurriyat MFY hududida elektr tarmoqlarini yangilashga qaratilgan yirik loyiha amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunga qadar mahallada 67 dona yangi temir-beton tayanch ustun o‘rnatildi. Mazkur ko‘rsatkichni 81 donaga yetkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, hududda 29 kilometr uzunlikda zamonaviy SIP kabel tarmoqlari tortildi.
Elektr ta’minotidagi quvvatga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda, mahalladagi mavjud transformatorga qo‘shimcha ravishda 400 kVA quvvatga ega yangi transformator ham o‘rnatildi.
✅ Ko‘rilayotgan choralar natijasida elektr ta’minotidagi uzilishlar kamayib, aholi xonadonlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatlari kengaymoqda. Modernizatsiya ishlari faqat Hurriyat mahallasi bilan cheklanib qolmaydi. Yil yakuniga qadar Oppoq, Evalak, Chig‘iriq, Hurriyat va Dehqonobod mahallalarida jami 76 kilometr SIP kabel tarmoqlarini tortish hamda 848 ta temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NURAFSHON SHAHRI BO‘YLAB “SALOMATLIK MARAFONI”START OLDI
Ayni vaqtda Nurafshon shahrida “Salomatlik marafoni” milliy harakati boshlandi.
3-avgustdan 31-avgustga qadar davom etadigan ushbu milliy harakat profilaktika, kasalliklarning oldini olish, ularni erta bosqichlarda aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.
Marafon doirasida oilaviy poliklinikalar, viloyat tibbiyot muassasalarining yetakchi shifokorlari hamda bir guruh respublika mutaxassislari tomonidan aholining barcha qatlamlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Tibbiy ko‘rik natijalari yagona elektron baza — “D-Med” dasturiga kiritilib, kelgusida aholi salomatligini muntazam monitoring qilib borish imkonini beradi.
Batafsil ma’lumot uchun oilaviy shifokoringizga murojaat qiling.
“Salomatlik marafoni” — baxtli hayot sari muhim qadam!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Diqqat!!!!
Nurafshon shahrida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi
05-avgust kuni
"Toshkent-To‘ytepa" avtomobili yo‘li hududidagi gaz quvurlarini xavfsiz joyga ko‘chirish maqsadida, "Yangiobod", "Obod", "Ma’rifat", Oybek, "Obod turmush", "To‘ytepa", Muqumiy, "Dehqonobod" va Navro‘z MFY isteʼmolchilariga soat 08:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Aholi iste’molchilari soni – 7 880 ta;
Ulgurji iste’molchilari soni – 180 ta.
Gaz taʼminoti bosqichma-bosqich va xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilingan holda tiklanadi.
Hurmatli Fuqarolar!
Gaz uzilishi vaqtida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni, gaz jihozlariga eʼtiborli boʻlishingizni soʻraymiz.
☎️ dispetcherlik xizmati: (71) 502-17-04//-05//-06
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
NURAFSHON SHAHRI BO‘YLAB “SALOMATLIK MARAFONI” START OLDI
Avgust oyi davomida o‘tkaziladigan ushbu milliy harakat aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olish, ularni erta bosqichlarda aniqlash, salomatlikni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.
✅ Marafon doirasida oilaviy poliklinikalar, viloyat tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari hamda respublikadan jalb etilgan mutaxassislar ishtirokida aholining turli qatlamlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ayniqsa, endokrin va yurak-qon tomir kasalliklarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, 40 yoshdan oshgan ayollar uchun skrining tekshiruvlarini tashkil etish marafonning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Tibbiy ko‘riklar davomida fuqarolarning salomatlik holati chuqur o‘rganilib, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tegishli tavsiya va davolash choralari belgilanadi.
Ko‘rik natijalari yagona elektron baza — “D-Med” dasturiga kiritiladi. Bu esa har bir fuqaroning salomatlik holatini kelgusida muntazam kuzatib borish, kasalliklarning rivojlanish xavfini baholash va profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etish imkonini beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
Ayni paytda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.
Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1