Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.74K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram
#dolzarb

Hayvonlarni identifikatsiya qilish — “pasport berish” emas, balki ularni yagona elektron tizimda roʻyxatga olishdir

2026-yil 7-avgustdan “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kiradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu jarayonni “Hayvonlarga pasport beriladi” deya notoʻgʻri talqin qilayotgan postlar tarqalmoqda. Aslida esa qonunning maqsadi jarima solish yoki ortiqcha byurokratiya yaratish emas.

Identifikatsiya tizimi orqali quturish, kuydirgi, brutsellyoz kabi xavfli kasalliklar aniqlanganda ularning manbai va tarqalish yoʻllari tezkor aniqlanadi. Bu kasalliklarning keng yoyilishining oldini olishga xizmat qiladi.

Shuningdek, goʻsht va sut mahsulotlarining kelib chiqishi, hayvonning emlash va veterinariya tarixi elektron bazada qayd etiladi. Bu oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaydi, mahsulot sifatiga ishonchni oshiradi.

Bundan tashqari, tizim naslchilikni rivojlantirish, chorva oʻgʻirligini kamaytirish hamda kredit va sugʻurta xizmatlaridan foydalanishni yanada qulaylashtiradi.

Xulosa qilib aytganda, hayvonlarni identifikatsiya qilishning asosiy maqsadi — veterinariya nazoratini kuchaytirish, chorvachilikni zamonaviy boshqarish va aholi salomatligini himoya qilishdir.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Bugun Nurafshon shahri hayotida muhim o‘rin tutuvchi Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda deputatlar tomonidan shaharning bugungi holati, istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari hamda aholi manfaatlariga daxldor dolzarb masalalar keng muhokama qilinib, mas'ullarning quyidagi yo'nalishlardagi hisobotlari tinglandi.

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-dekabrdagi 64-sonli topshiriqlar bayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hisoboti;

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti;

✔️Shahar Adliya bo‘limining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti;

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan shahar prokurorining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida axboroti;

✔️Shahar Ichki ishlar bo‘limining 2026-yil ikkinchi choragi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti;

✔️Shahar Tibbiyot birlashmasi rahbarining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti;

✔️O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1153-sonli qonuni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;

✔️Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘ining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti;

✔️Shahardagi 9-, 25-, 26-, 48- va 57-sonli umumta’lim maktablarida 2026–2027-o‘quv yili uchun inklyuziv ta’limni tashkil etish hamda ta’lim muassasalarini “To‘siqsiz muhit” talablariga moslashtirish to‘g‘risida;

✔️Shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti;


❗️Sessiyada deputatlar tomonidan kun tartibidagi har bir masala chuqur tahlil qilindi hamda sessiya kotibi va sanoq komissiya raisi xulosalari eshittirilib, hududni yanada rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Nurafshon shahar bo‘limida faoliyat yuritayotgan xodimlar ro‘yxati bilan tanishing.

Quyida bo‘lim rahbariyati hamda mas’ul xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Mazkur ro‘yxat fuqarolar uchun ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlash, shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida qulaylik yaratish maqsadida taqdim etilmoqda.


📅
Qabul kunlari: dushanba — juma
🕙
Qabul vaqti: 10:00 dan 17:00 gacha
☎️
Telefon: +998 71 502 02 07 (ichki raqam: 123)
📱
Bog‘lanish uchun: +998 90 910 39 29

Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan belgilangan qabul kunlari va vaqtlarida murojaat qilishlari mumkin.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Respublika ishchi guruhi Nurafshon shahrida o‘rganishlar olib bormoqda


🟢Respublika ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyatida olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida Nurafshon shahrida yig‘ilish o‘tkazilib, Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

🔘Yig‘ilishda yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

🔘Shuningdek, ishchi guruh "Step School" o‘quv markazi faoliyati bilan tanishib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni hamda mavjud muammo va takliflarni o‘rgandi.


❗️O‘rganishlar davomida Yangiobod, Birlik, Hurriyat va Taraqqiyot mahallalarida yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Respublika ishchi guruhining Nurafshon shahridagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3