Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.73K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram


Har bir murojaat nazorat va e’tiborda

Bugun Nurafshon shahar Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammolarini o‘rganish hamda amaliy yechim topishga qaratilgan navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabulda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, hokim o‘rinbosarlari, shuningdek, tegishli davlat tashkilotlari va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

✔️Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, yer va kadastr, qurilish, uy-joy va kommunal xizmatlar, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida atroflicha ko‘rib chiqilib, masalalarning mazmunidan kelib chiqib, ularni hal etish bo‘yicha mutasaddi rahbar va tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.


Qabul jarayonida ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar esa ijrosi qat’iy nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlarga biriktirildi hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Oybek mahallasida gaz quvurlari mukammal ta’mirlandi

💠Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumida aholi va ulgurji iste’molchilarni tabiiy gaz bilan barqaror hamda uzluksiz ta’minlash maqsadida tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda.

🔘Jumladan, "Oybek" MFYdagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida umumiy uzunligi 700 metr bo‘lgan yer usti gaz quvurlari mukammal ta’mirlandi. Amalga oshirilgan mazkur ishlar natijasida 120 ta xonadon hamda 2 ta yirik ishlab chiqarish korxonasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan gaz bosimi pasayishi va gaz ta’minotidagi uzilishlarning oldi olindi.


✔️Shuningdek, hududdagi gaz taqsimlash punktlarida mas’ul mutaxassislar tomonidan reja asosida texnik ko‘rik va profilaktik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar kuz-qish mavsumida iste’molchilarni xavfsiz va barqaror tabiiy gaz ta’minoti bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Uzum
Erkin Vohidov
#tanlov

"Uzum sayli" she’riyat ixlosmandlari uchun ajoyib imkoniyatni taklif etadi!

Terumlar shabnamli yaproq —
Ostidan pinhon uzum.
Lablaringga yetmoq istab
Tong sahar giryon uzum.

Oftob mashshotasi
Tok sochini nurdan tarab —
Zangining bo‘yniga osmish
Shodai marjon uzum.


Joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.

✍️Badiiy ijodga mehr qo‘ygan, qalbida ona diyor va tabiatga muhabbat jo‘sh urgan barcha ijodkorlarni “Uzum sayli” xalqaro festivali doirasida o‘tkaziladigan eng sara she’rlar tanloviga taklif etamiz!

🍇Tanlovdan maqsad – Toshkent viloyatining uzumchilik an’analari, eno va agroturizm salohiyati, bog‘dorchilik madaniyati hamda yurtimiz tabiatining betakror jozibasini badiiy ijod orqali keng targ‘ib etishdir.

Tanlovda Toshkent viloyatida tug‘ilib-o‘sgan yoki bugungi kunda viloyatda yashab ijod qilayotgan professional shoirlar, havaskor ijodkorlar va she’riyatga oshno barcha viloyatdoshlarimiz qatnashishlari mumkin.

Eng sara ijod namunalari munosib baholanib, g‘oliblar sayil doirasida tantanali ravishda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin — 5 million so‘m
🥈2-o‘rin — 3 million so‘m
🥉 3-o‘rin — 2 million so‘m


Tanlovda ishtirok etishning yagona talabi – o‘zingiz yozgan bir dona she’riy namunangizni qog‘oz nusxasi yoki elektron variantini shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan birga Tanlov hay’atiga taqdim etishingiz lozim.

Muhim eslatma: sun’iy intellekt yordamida tuzilgan she’riy matnlar maxsus dastur yordamida tekshiriladi va tanlovdan chetlashtiriladi.
 
📍Manzil: Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 86-uy. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi.  
Telegram uchun raqam: +998888757745
 
Ijodiy ishlar  2026-yilning 18-avgustigacha qabul qilinadi.

O‘z ijodingiz bilan “Uzum sayli”ning badiiy solnomasiga hissa qo‘shing! Balki aynan sizning ijodingiz festivalning eng yorqin ovoziga aylanar!

PS: Audioda Erkin Vohidovning mashhur "Uzum" g‘azali. She’rni shoirning o‘zi o‘qigan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Adliya boshqarmasi xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

✔️Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi xodimlari uchun Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan profilaktik tibbiy ko‘rik hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.

🔘Tadbir davomida 38 nafar xodim profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, kamharakat turmush tarzi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklar, ularning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.

🔘Ko‘rik jarayonida xodimlarda elektrokardiogramma (EKG) olinib, zarur laborator va instrumental tekshiruvlar amalga oshirildi. Shuningdek, terapevt shifokor tomonidan sog‘liq holatidan kelib chiqib tegishli tavsiyalar berildi.


Bundan tashqari, barcha ishtirokchilarning bo‘yi va vazni o‘lchanib, tana vazni indeksi (TVI) hisoblab chiqildi. Natijada ortiqcha vaznga ega 7 nafar xodim aniqlanib, ularga to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi videorolik namoyish etildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝1