Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.73K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram
Нурафшон_шахар_АВГУСТ_ОЙИ_ВАКАНЦИЯСИ.xlsx
35.1 KB


Nurafshon shahar hokimligi ishsiz fuqarolarni shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etadi

Hurmatli fuqarolar!
Agar siz ayni paytda ish izlayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizning mutaxassisligingiz, malakangiz va qiziqishlaringizga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, ishga joylashish masalasida qo‘shimcha ma’lumot olish yoki amaliy ko‘makka ehtiyoj sezsangiz, yashash hududingizdagi hokim yordamchisi yoki mahalla yettiligi a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin.


❗️Sizni munosib ish bilan ta’minlash va bandligingizni oshirish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyormiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshonda gaz tarmoqlarini xavfsiz ekspluatatsiya qilish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda


🇺🇿 Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash, Nurafshon shahrida aholini uzluksiz yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish maqsadida hududda keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Nurafshon shahri markazida barpo etilayotgan yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishi doirasida gaz tarmog‘ini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari amalga oshirildi. Loyiha doirasida diametri 325 mm bo‘lgan yuqori bosimli yerosti gaz quvuri belgilangan loyiha asosida yangi yo‘nalishga ko‘chirilib, montaj ishlari to‘liq yakunlandi.


❗️Bugungi kunda esa shahar gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan mazkur gaz quvurlarida izolyatsiyalash ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar gaz tarmoqlarining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishini belgilangan tartibda davom ettirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining muammolari o‘rganildi

💠Bugun Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori G.Dadamatova tomonidan fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

🔘Sayyor qabul davomida 20 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Murojaatlar asosan, bolalar nafaqasi, moddiy yordam, tegishli reyestrga kiritish, uy-joy ta’miriga yordam, nogironlikni belgilash, inklyuziv ta’limga qamrab olish, vasiylik va homiylik belgilash kabi masalalarga oid bo‘ldi.


✔️Fuqarolarning murojaatlari yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Har bir murojaat Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nazoratga olindi hamda ularni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘riladi.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42


Nurafshon shahrida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida mahallalarni obod qilish, aholi xonadonlarini ta’mirlash va hududlarni yanada ko‘rkamlashtirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda

Jumladan hudud nuroniylari tomonidan 16 ta mahallada “Obod xonadon” mezonlarini joriy etish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari tashkil etildi. 16 ta mahalla yettiligiga 155 ta ko‘cha biriktirilib, shundan 126 ta ko‘chadagi 1 898 ta xonadonda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunga qadar 1 554 ta xonadon obodonlashtirildi va ta’mirlandi.

Jumladan:
✔️812 ta xonadonning tashqi fasadi;
✔️95 ta xonadonning yuvinish xonasi;
✔️252 ta xonadonning tom qismi;
✔️120 ta xonadonning hojatxonasi;
✔️92 ta xonadonning tandirxonasi;
✔️110 ta xonadonning oyna romlari;
✔️124 ta xonadonning oshxonasi;
✔️55 ta xonadonning molxonasi, tovuqxona va qo‘yxonasi ta’mirlandi.


Qolaversa 118 ta xonadonning 205 sotix tomorqa yer maydonida chopish va haydash ishlari amalga oshirildi. 3 ta ko‘p qavatli uyning fasad qismi, 16 ta kirish yo‘lagi ta’mirlandi. 1 890 ta daraxtga shakl berilib, 7,6 km uzunlikdagi ariq va lotoklar tozalandi. 5 ta mahalladagi 5 ta ko‘chaning 2,8 km qismiga asfalt yotqizildi. 9 ta qabristonda obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Temir yo‘l atrofida joylashgan 3 ta mahalladagi 267 ta xonadonda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kungacha 48 ta xonadonda ushbu ishlar yakuniga yetkazildi. Shuningdek, 16 ta mahallada grafik asosida chiqindilarni olib ketish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

❗️Nurafshon shahrida obodlik — har bir xonadon, har bir ko‘cha va har bir mahalladan boshlanmoqda.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1