Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.73K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram


“Ayol qadri ulug‘langan yurt” — milliy qadriyatlar va hayot saboqlari mujassam davra

Nurafshon shahar Birlik mahallasida “Ayol qadri ulug‘langan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda mahalla xotin-qizlari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirning mazmunli va ta’sirchan jihatlaridan biri 96 yoshni qarshi olgan To‘xtanissa Tojiyevaning obod xonadonida o‘tkazilgani bo‘ldi. Onaxonning hayot yo‘li, o‘tgan og‘ir va sinovli yillar, oila va farzand tarbiyasi borasidagi hayotiy tajribalari hamda bugungi tinch va osoyishta kunlarga bo‘lgan shukronaliklari yig‘ilganlarga katta taassurot qoldirdi.

Suhbat davomida yosh avlodga tinchlikning qadriga yetish, kattalarni e’zozlash ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Tadbirda milliy qadriyat va urf-odatlarni asrab-avaylash hamda ularni yosh avlodga yetkazish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, qadimiy “kelin salom” va “o‘sma qo‘yish” udumlari amaliy tarzda namoyish etilib, ularning mazmun-mohiyati va milliy an’analarimizdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.

Tadbirning badiiy qismida kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar hamda yoshlar ishtirokidagi ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Ayniqsa, yoshlarning milliy qadriyatlar, odob-axloq va ajdodlar merosiga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirishga qaratilgan chiqishlari tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, onalar hayotiy tajribasini yoshlar bilan baham ko‘rish hamda mahallada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshon shahrida gaz ta’minoti tizimlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari olib borilmoqda


🔴Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, gaz ta’minoti tizimlarining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida “Nurafshon gaz” tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔴Xususan, “O‘rtasaroy” GTS dan chiquvchi o‘rta va yuqori bosimli gaz quvurlarida zichlikka sinash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, GTNlardan chiquvchi diametri D-76, D-89 va D-159 mm bo‘lgan gaz quvurlaridagi zulfinlarga temir to‘siqlar o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.


Bundan tashqari, "Qumariq" MFY, Shabnam ko‘chasida joylashgan RDBK-1,25 rusumli o‘rta bosimli gaz taqsimlash qurilmasida texnik taftish va servis xizmati ko‘rsatildi.

❗️Mazkur ishlar gaz tarmoqlarining texnik holatini nazorat qilish, mavjud kamchiliklarni barvaqt aniqlash hamda iste’molchilarni tabiiy gaz bilan barqaror va xavfsiz ta’minlashga qaratilgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: 120 million dollarlik loyiha: Nurafshon shahrida Xitoy investitsiyasi asosida tashkil etilgan “DA SHUN GROUP” qurilish texnoparki faoliyati “O‘zbekiston 24” telekanalining maxsus ko‘rsatuvida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Muammo bormi, darhol murojaat qiling!


Nurafshon shahrida kommunal va obodonlashtirish sohasida muammo bormi? Hududingizda obodonlashtirish, tozalik, chiqindilarni olib chiqish, ko‘cha va hududlarni saqlash bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz, murojaatingizni mas’ullarga yetkazing!

📲Muammo va takliflaringiz bo‘yicha quyidagi mas’ullarga darhol murojaat qilishingiz mumkin:

👤Dispetcher:
☎️ +998 90 319 89 78

👤 Mas’ul xodim:
☎️ +998 93 444 83 81

👤Rahbar o‘rinbosari:
☎️+998 99 853 22 99


➡️Muammoyingiz bormi? Hoziroq murojaat qiling! 📱https://t.me/Nurafshon_shahri_BSK

❗️Sizning murojaatingiz — shahardagi muammolarni tezkor aniqlash va bartaraf etishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


NURAFSHON SHAHRIDA KIBERXAVFSIZLIK BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI

Nurafshon shahri hokimligi hamda hokimlik tasarrufidagi tashkilot va muassasalarda faoliyat yurituvchi davlat xizmatchilari ishtirokida “Kiberxavfsizlik asoslari” mavzusida amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminar Nurafshon shahri hokimining Sun’iy intellekt maslahatchisi D. Mansurov tomonidan tashkil etilib, seminar spikeri sifatida olib borildi.

Seminar davomida xodimlarga:
🔹 fishing va firibgar xabarlarni aniqlash;
🔹 virus va zararli dasturlardan himoyalanish;
🔹 Telegram va messenjerlardan xavfsiz foydalanish;
🔹 akkauntlarni ikki bosqichli himoyalash;
🔹 kuchli parollardan foydalanish;
🔹 kundalik kiber-gigiyena qoidalariga rioya qilish
bo‘yicha zarur amaliy ko‘nikmalar berildi.


❗️ Tadbirning asosiy maqsadi — davlat xizmatchilarining kiber-savodxonligini oshirish, axborot xavfsizligini mustahkamlash va kiber-tahdidlarga nisbatan hushyorlikni kuchaytirish.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1