Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.73K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram


✔️O‘zini o‘zi band qilganlar ham pensiya huquqini shakllantirishi mumkin

💼 Santexnikmisiz? Rassomchilik bilan shug‘ullanasizmi? Hamshiralik qilasizmi? Kibersport, asalarichilik faoliyati yoki shunga o‘xshagan ishlarda ishlaysizmi?

Demak, siz ham kelajakda pensiya olish huquqini shakllantirishingiz mumkin.

Buning uchun:

🟢o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘ting;
🟢ijtimoiy soliqni o‘z vaqtida to‘lab boring.

📌 Bu xarajat emas, balki kelajakdagi ijtimoiy himoyangizga qilingan sarmoyadir.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Muammo bormi, darhol murojaat qiling!


Nurafshon shahrida kommunal va obodonlashtirish sohasida muammo bormi? Hududingizda obodonlashtirish, tozalik, chiqindilarni olib chiqish, ko‘cha va hududlarni saqlash bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz, murojaatingizni mas’ullarga yetkazing!

📲Muammo va takliflaringiz bo‘yicha quyidagi mas’ullarga darhol murojaat qilishingiz mumkin:

👤Dispetcher:
☎️ +998 90 319 89 78

👤 Mas’ul xodim:
☎️ +998 93 444 83 81

👤Rahbar o‘rinbosari:
☎️+998 99 853 22 99


➡️Muammoyingiz bormi? Hoziroq murojaat qiling! 📱https://t.me/Nurafshon_shahri_BSK

❗️Sizning murojaatingiz — shahardagi muammolarni tezkor aniqlash va bartaraf etishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


⚡️ Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish hamda mavjud tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Taraqqiyot mahallasida elektr tarmoqlarida avariya holatlariga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilib, xonadonlarning elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, PQ-382-son qarori ijrosi doirasida xonadonlarga zamonaviy SIP kabellar tortilmoqda.

⚡️ Oybek mahallasida ham elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom etmoqda. Jumladan, 323-sonli transformator punktidan xonadonlargacha VOT kabellar tortilib, elektr tarmoqlarining ishonchliligi oshirilmoqda.
Mazkur ishlar, avvalo, aholini kuz-qish mavsumida elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, tarmoqlardagi avariya holatlarining oldini olish va iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari manzilli va tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

🏘Ko’p qavatli uy umumiy mulk va undagi mas’uliyat ham barcha mulkdorlarga tegishli.

❗️ Kvartirani “kengaytirish” bahonasida tayanch devor yoki ustunga tegish — butun uyni xavf ostiga qo‘yadi.

🏢 Ko‘p qavatli uyda tayanch konstruksiyani buzish:
— binoning mustahkamligini zaiflashtiradi,
— yoriqlar va siljishlarga olib keladi,
— eng og‘ir holatda esa fojia bilan yakunlanishi mumkin.

⚖️ Qonun bunday holatga nisbatan qat’iy:
— jismoniy shaxslar uchun 50 BHMgacha,
— mansabdor shaxslar uchun 100 BHMgacha jarima.

🔁 Bir yil ichida takrorlansa — jinoiy javobgarlik,
⛓️2–3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha borishi mumkin.

Uy — tajriba maydoni emas.

Noqonuniy xatti-harakatlar bilan o’zingiz va boshqalar hayotiga xavf solmang!


➡️NURAFSHON BSK guruhiga ULANING va MUROJAAT yuboring:
👇👇👇
📱 https://t.me/Nurafshon_shahri_BSK
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#chorlov

21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida bo‘lib o‘tadigan “Uzum sayli” xalqaro festivaliga marhamat!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM