Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'n yil tashlandiq yotgan hududda — mega investitsion loyiha
Har bir sent investitsiya — bu yangi ish o‘rni, yangi mahsulot, yangi texnologiya, mahalliylashtirish, eksport va eng muhimi, oddiy odamlar uchun yangi daromad manbai degani.
Nurafshon shahrida qariyb 10 yil davomida tashlandiq holda yotgan 20 gektarlik hudud bugun butunlay yangi qiyofa kasb etmoqda.
✅ 120 million dollar to‘liq Xitoy investitsiyasi hisobidan moliyalashtirilgan "DA SHUN GROUP" texnoparkining ishga tushirilishi natijasida 300 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥2👏1
Dehqonobod mahallasida aholi bilan bevosita muloqotga qaratilgan sayyor qabul o‘tkazildi.
Fuqarolarning murojaatlarini joyida tinglash, mavjud muammolarni atroflicha o‘rganish va ularning qonuniy yechimini topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Unda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
✅ Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan uy-joy va kommunal xizmatlar, yer va kadastr, infratuzilma, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, bandlik va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat bo‘yicha masalaning mazmuni va mavjud holat o‘rganilib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Joyida hal etish imkoniyati bo‘lgan masalalar tegishli tartibda bartaraf etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Aholi bilan bunday ochiq muloqotlar hududdagi muammolarni bevosita joyida aniqlash, fuqarolarning taklif va murojaatlarini eshitish hamda ularni amaliy choralar orqali hal etishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1
🎥 Ayni vaqtda O‘zbekiston 24 hamda Nurafshon TV telekanallari ijodkorlari hamkorligida Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalardan biri — “DA SHUN GROUP” Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi qurilish texnoparki faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv suratga olinmoqda.
✅ Tasvirga olish jarayonida texnoparkning tashkil etilishi, ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalar, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda loyihaning shahar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdagi ahamiyati keng yoritilmoqda.
Maxsus ko‘rsatuv orqali tomoshabinlarga Nurafshon shahrida xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy sanoat infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
⚡️ Nurafshonda energetik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda
Nurafshon shahrida aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarini yangilash va quvvatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan To‘ytepa mahallasida PQ-384-son qarori ijrosi doirasida hududdagi elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. Mahalla hududida 800 metr yangi elektr tarmog‘i tortilmoqda. Mazkur ishlar natijasida xonadonlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatlari kengayib, mavjud tarmoqlardagi yuklama kamaytiriladi.
Shuningdek, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, eskirgan infratuzilmani yangilash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🤝1