⚡️ Nurafshonda energetik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda
Nurafshon shahrida aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarini yangilash va quvvatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan To‘ytepa mahallasida PQ-384-son qarori ijrosi doirasida hududdagi elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. Mahalla hududida 800 metr yangi elektr tarmog‘i tortilmoqda. Mazkur ishlar natijasida xonadonlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatlari kengayib, mavjud tarmoqlardagi yuklama kamaytiriladi.
Shuningdek, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, eskirgan infratuzilmani yangilash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🤝1
#Uzum_sayli
“Uzum sayli” xalqaro festivaliga 8 kun qoldi!
Manzil:Parkent tumani, Zarkent qishlog‘i.
Sana: 21-22-avgust kunlari.
📍 Joylashuv manzili
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram
“Uzum sayli” xalqaro festivaliga 8 kun qoldi!
Manzil:Parkent tumani, Zarkent qishlog‘i.
Sana: 21-22-avgust kunlari.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: gaz tarmoqlarida texnik ishlar olib borilmoqda
Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish, aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida gaz tarmoqlarida keng ko‘lamli texnik ishlar amalga oshirilmoqda.
✅ Jumladan, “O‘rtasaroy” GTSdan chiquvchi o‘rta va yuqori bosimli gaz quvurlarining zichlikka chidamliligini sinash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, gaz taqsimlash tarmoqlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida GTNlardan chiquvchi D-76, D-89 va D-159 mm diametrli gaz quvurlaridagi zulfinlarga temir to‘siqlar o‘rnatilmoqda.✅ Qumariq MFY, Shabnam ko‘chasida joylashgan RDBK-1,25 rusumli o‘rta bosimli gaz taqsimlash qurilmasiga texnik taftish va xizmat ko‘rsatish ishlari ham amalga oshirildi.
Mazkur ishlar kuz-qish mavsumida gaz ta’minoti tizimining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga tabiiy gazni ishonchli yetkazib berishga qaratilgan.
Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uzum_sayli
“Uzum sayli” xalqaro festivaliga 7 kun qoldi!
Manzil:Parkent tumani, Zarkent qishlog‘i.
Sana: 21-22-avgust kunlari.
📍 Joylashuv manzili
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram
“Uzum sayli” xalqaro festivaliga 7 kun qoldi!
Manzil:Parkent tumani, Zarkent qishlog‘i.
Sana: 21-22-avgust kunlari.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan Navro‘z, To‘ytepa, Muqimiy mahallalarida istiqomat qiluvchi aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
✅ Tibbiy ko‘rik davomida aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida stomatolog, xirurg, travmatolog, okulist, nevropatolog, urolog, otolaringolog, pediatr kabi tor soha mutaxassislari hamda oilaviy shifokorlar jalb etildi. Shuningdek, fuqarolarning salomatlik holatini yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida ultratovush tekshiruvi (UZI), elektrokardiogramma (EKG), laborator va boshqa instrumental tekshiruvlar ham o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik davomida jami 117 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan 19 nafar fuqaroda birlamchi kasallik belgilari aniqlanib, ularga tegishli tibbiy tavsiyalar berildi hamda keyingi davolanish va kuzatuv bo‘yicha yo‘nalishlar belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2