Nurafshon shahar suv ta’minoti tomonidan "Qumariq" MFY, Shabnam ko‘chasida yuzaga kelgan suv ta’minotidagi nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Mutaxassislar tomonidan aniqlangan nosozlik tezkorlik bilan ta’mirlanib, hududdagi suv ta’minoti barqarorligi tiklandi.
Aholiga qulaylik yaratish va ichimlik suvi ta’minotini uzluksiz tashkil etish maqsadida bunday texnik ishlar belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Ayni paytda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.
Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi.
✅ Yig‘ilish kun tartibidan shaharda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, qonuniy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, norasmiy bandlikni qisqartirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun teng raqobat muhitini ta’minlash masalalari o‘rin oldi.✅ Shuningdek, PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi holati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Nurafshonda muhim masalalar deputatlar ishtirokida ko‘rib chiqildi
🔘 Jumladan, Nurafshon shahar hokimining 2026-yil 8-iyuldagi 153-10-213-F/26-sonli farmoyishini tasdiqlash hamda uning ilovasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.🔘 Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining 2026-yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
Sessiya davomida kun tartibidagi har bir masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, sessiya kotibi hamda sanoq komissiyasi raisining xulosalari eshitildi.
🔘 Muhokamalar yakuni bo‘yicha shaharni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining farovonligi va yashash sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini ta’minlashga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM