Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram
🔴🔴

Ayni paytda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.

Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻

📹YouTube

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidan shaharda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, qonuniy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, norasmiy bandlikni qisqartirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun teng raqobat muhitini ta’minlash masalalari o‘rin oldi.

Shuningdek, PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi holati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.


❗️Muhokamalar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish va mas’ul rahbarlarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

💠Batafsil

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshonda muhim masalalar deputatlar ishtirokida ko‘rib chiqildi

Bugun Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibidan shahar hayotining muhim yo‘nalishlariga oid masalalar o‘rin oldi.

🔘 Jumladan, Nurafshon shahar hokimining 2026-yil 8-iyuldagi 153-10-213-F/26-sonli farmoyishini tasdiqlash hamda uning ilovasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

🔘Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining 2026-yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.


Sessiya davomida kun tartibidagi har bir masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, sessiya kotibi hamda sanoq komissiyasi raisining xulosalari eshitildi.

🔘Muhokamalar yakuni bo‘yicha shaharni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining farovonligi va yashash sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini ta’minlashga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.


🟢Sessiyada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, qabul qilingan qarorlarning amaliy natijadorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM