Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi.
✅ Yig‘ilish kun tartibidan shaharda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, qonuniy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, norasmiy bandlikni qisqartirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun teng raqobat muhitini ta’minlash masalalari o‘rin oldi.✅ Shuningdek, PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosi holati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Nurafshonda muhim masalalar deputatlar ishtirokida ko‘rib chiqildi
🔘 Jumladan, Nurafshon shahar hokimining 2026-yil 8-iyuldagi 153-10-213-F/26-sonli farmoyishini tasdiqlash hamda uning ilovasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.🔘 Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining 2026-yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
Sessiya davomida kun tartibidagi har bir masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, sessiya kotibi hamda sanoq komissiyasi raisining xulosalari eshitildi.
🔘 Muhokamalar yakuni bo‘yicha shaharni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining farovonligi va yashash sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini ta’minlashga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM