Tibbiyot birlashmasida bemorlar xavfsizligi ta’minlanmoqda
Shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi hududida bemorlarni tez tibbiy yordam avtomobillaridan xavfsiz qabul qilish va tegishli bo‘limlarga yo‘naltirish jarayonlarini tartibga solish maqsadida rangli chiziqlar tizimi joriy etildi.
🔴 Qizil rang — hayotiga xavf soluvchi, og‘ir ahvoldagi bemorlar uchun. Ular zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam va intensiv davolash yo‘nalishlariga yo‘naltiriladi.🟡 Sariq rang — holati o‘rtacha og‘ir bo‘lgan, tibbiy ko‘rik va davolashga muhtoj bemorlar uchun. Ular tegishli ixtisoslashtirilgan bo‘limlarga yo‘naltiriladi.🟢 Yashil rang — holati nisbatan barqaror, shoshilinch tibbiy yordamga ehtiyoji kamroq bo‘lgan bemorlar uchun. Ular ambulator ko‘rik yoki tegishli davolash bo‘limlariga yo‘naltiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
“Mustaqillik to‘yi” shodiyonalari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda
🔘 Ushbu bayram tadbiri Nurafshon City hududidagi “O‘zbekiston bog‘i”da bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarning sevimli san’atkori Doston Ergashev, Nurafshon shahar Madaniyat markazi ijodiy jamoasi, “Boychechak” bolalar namunali raqs jamoalari tomonidan musiqiy va badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Bayram dasturidan kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin raqslar, ijodiy chiqishlar hamda ko‘tarinki kayfiyat ulashgan musiqiy dasturlar o‘rin oldi.
❕“Mustaqillik to‘yi” festivali xalqimizning Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati, birlik va hamjihatligini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan bayram tadbirlaridan biri bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2