Vatan ravnaqi yo‘lidagi mehnat — yuksak e’tirofga munosib
Kuni kecha Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda davlat mukofotlari va “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishonlari o‘z egalariga topshirildi. Taqdirlanganlar orasida Nurafshon shahri vakillari ham bor.
✔️ Jumladan, Nurafshon shahar hokimi Qobil Muratkulovich Xamdamov mamlakatimiz va Toshkent viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga, hududlar obodligi va aholi farovonligini ta’minlashga, xususan, Nurafshon shahrini yanada obod va zamonaviy shaharga aylantirish, shahar infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasidagi faoliyati uchun “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.✔️ Shuningdek, Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Dadamatova Gavhar Maxamadaliyevna aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, inson manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi samarali mehnati uchun “Shuhrat” medali bilan;
✔️ “Mash’al” ijtimoiy-siyosiy gazetasining bosh muharriri Isroilov Otabek Odiljon o‘g‘li esa jurnalistik faoliyati hamda jamoatchilik hayotidagi faolligi va samarali mehnati uchun “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1
NURAFSHON SHAHRI: SIFATLI TA’LIM — YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING MUSTAHKAM POYDEVORI!
Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan V «Ustozlar milliy forumi» doirasida ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar tashkil etildi.
Forum Nurafshon shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda pedagoglar zamonaviy ta’lim yondashuvlari, samarali metodikalar va ilg‘or tajribalar yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.
Tadbir davomida ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, o‘quvchilarga sifatli va zamonaviy bilim berishda innovatsion usullardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ziyoli va fidoyi ustozlar — sifatli ta’lim va yurtimiz kelajagining asosiy tayanchidir!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1🤝1
Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda
Nurafshon shahri markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirilishi belgilangan yer osti piyodalar yo‘lagi hamda 24/7 ko‘chalarida erta tongdan qizg‘in obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
❗️ Ayni paytda hududlarda yakuniy tayyorgarlik ishlari bajarilib, atrof-muhit chiqindilardan tozalanmoqda, yashil hududlar kengaytirilib, gul ko‘chatlari va manzarali daraxtlar ekilmoqda.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgan mazkur bunyodkorlik ishlari shaharning zamonaviy qiyofasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, shuningdek, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan.
Nurafshon shahrida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1