Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: elektr tarmoqlari modernizatsiya qilinmoqda
Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash hamda iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida elektr tarmoqlarida ta’mirlash va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.
🔹 Yangiobod MFY hududidagi TP-963 transformator punktida beton ustunlarga SIP kabellar tortilmoqda. Shuningdek, 12-sonli ko‘p qavatli uy hududida shikastlangan elektr simlarini modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
🔹 Navro‘z MFY hududida TP-189, 250 kVA quvvatli transformatorning mavjud yuklamasini kamaytirish va elektr ta’minotini yanada barqarorlashtirish maqsadida qo‘shimcha 250 kVA quvvatga ega TP-140 transformatorini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun jadal rivojlanib, zamonaviy qiyofaga ega bo‘lib borayotgan Nurafshonning tarixi ham o‘ziga xos va boy.
✅ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati hamda O‘zbekiston tarixi telekanali hamkorligida shahardagi qadimiy qadamjolardan biri — “Mushuk ota” ziyoratgohi tarixiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv suratga olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon dehqon bozorida tartib va xavfsizlik masalalari o‘rganildi
Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, shahar prokurori To‘lqin Karimov hamda shahar IIB boshlig‘i Azizbek Yuldashev ishtirokida Nurafshon dehqon bozoridagi mavjud holat o‘rganildi.
✔️ O‘rganish davomida bozordagi narx-navo, xaridorlar va sotuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, savdo tartibi, jamoat xavfsizligi hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.✔️ Shuningdek, noqonuniy savdoning oldini olish, savdo faoliyatini tartibga solish va soliq tushumlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jarayon davomida aholi va savdogarlar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi.
O‘rganishda kadastr, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari ham ishtirok etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik! Yangi yer osti yo‘li — tirbandlikka yechim, piyodaga qulaylik
Nurafshon shahri markazida bunyod etilgan yer osti piyodalar yo‘lagi yillar davomida shaharning markaziy qismida kuzatilgan tirbandlik, noqulay harakatlanish va piyodalar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarga barham bermoqda.
Endilikda piyodalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratilgan, avtomobillar harakati esa yanada tartibli va uzluksiz tashkil etilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏛 Hurmatli fuqarolar!
🔹Aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish hamda murojaatlarni tezkor va sifatli qabul qilish maqsadida “E’TIROF” AAT (kadastr) bo‘yicha fuqarolar qabuli yo‘lga qo‘yilgan.
🗓 Qabul kuni: Har haftaning chorshanba kuni;
⏰ Vaqti: Soat 11:00 dan 17:00 ga qadar;
🔹Fuqarolarning murojaatlari, taklif va fikrlari belgilangan qabul vaqti davomida atroflicha ko‘rib chiqiladi.
🔹Murojaatlaringiz biz uchun muhim! Inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash — faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishidir.
📌 Toshkent viloyati adliya boshqarmasi,
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mehnat yarmarkasi: fuqarolar ish bilan ta’minlanmoqda
🟣 Mazkur tadbir Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi a’zolari, Nurafshon shahar Adliya bo'limi hamda Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM