Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolar murojaatlari joyida hal etilmoqda
Nurafshon shahrida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida ko‘rib chiqish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish maqsadida shahar hokimi Qobil Xamdamov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Unda shahar hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar mas’ullari, mahalla faollari hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.
✅ Qabul davomida fuqaroning murojaati eshitildi. Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, masalalarning mazmuni chuqur tahlil qilindi hamda ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
Qabulda ko‘tarilgan masalalarning asosiy qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yer va kadastr, qurilish, kommunal hamda yo‘l infratuzilmasi, bandlik va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlariga oid murojaatlar tashkil etdi.
Yakunda mas’ul tashkilotlar rahbarlariga har bir murojaat yuzasidan aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash hamda amalga oshirilgan ishlar haqida murojaatchilarga belgilangan tartibda ma’lumot berish topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2🔥1
NURAFSHON SHAHAR PROKURORI TO'LQIN KARIMOVNING AHOLIGA MUROJAATI
Hurmatli Nurafshon shahar aholisi!
Bugungi kunda jamiyatimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish – ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada har bir fuqaroning huquqiy ongi va madaniyati hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Afsuski, so‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar tomonidan turli jinoyat va huquqbuzarliklar, xususan, firibgarlik, o‘g‘rilik, bezorilik hamda kiberjinoyatlar sodir etilmoqda. Ayniqsa, internet tarmoqlari orqali amalga oshirilayotgan aldovlar ko‘payib, fuqarolarning mol-mulki va ishonchiga jiddiy zarar yetkazilmoqda.
Shu munosabat bilan barchangizni quyidagilarga qat’iy rioya etishga chaqiraman:
— Har qanday qonunbuzarlik holatlariga befarq bo‘lmang, jamiyatda sodir bo‘layotgan noqonuniy harakatlarga murosasiz munosabatda bo‘ling;
— Shaxsiy ma’lumotlaringizni, bank karta rekvizitlari, parol va tasdiq kodlarini hech kimga bermang;
— Noma’lum raqamlar, shubhali qo‘ng‘iroqlar va internet orqali kelayotgan takliflarga ishonmang;
— Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida farzandlaringiz nazoratini kuchaytiring;
— Har qanday shubhali vaziyatda zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.
Qonunbuzarlik va jinoyat sodir etgan har qanday shaxsga nisbatan qonun doirasida muqarrar javobgarlik choralari qo‘llaniladi. Hech kim jazodan chetda qolmaydi. Jinoyatga qo‘l urgan shaxs nafaqat o‘z taqdiriga, balki oilasi va yaqinlarining kelajagiga ham jiddiy putur yetkazishini unutmasligi lozim.
Shuningdek, ayrim fuqarolarning yengil daromad ilinjida turli noqonuniy yo‘llarga kirib ketishi aslo oqlanmaydi. Halol mehnat va qonuniy faoliyat – barqaror va munosib hayotning yagona kafolatidir.
Aziz yurtdoshlar!
Sizni yana bir bor ogohlikka, hushyorlikka va qonunlarga hurmat ruhida yashashga chaqiraman. Huquqiy savodxonlikni oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashda faol bo‘lish – har birimizning fuqarolik burchimizdir. Faqat birgalikda harakat qilsakkina, jamiyatimizda tinchlik, xavfsizlik va adolatni ta’minlay olamiz.
Nurafshon shahar prokurori To‘lqin Karimov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👎3❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar bilan ochiq muloqot: muammo va takliflar o‘rganildi
Davlat rahbari tashabbusi bilan payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganidan buyon Nurafshon shahrida yoshlar bilan ochiq muloqotlar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Har hafta aniq reja asosida o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda yoshlarning murojaatlari, muammo va takliflari o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun ham Nurafshon shahar hokimi Q. Xamdamov, shahar prokurori T. Karimov hamda shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev ishtirokida yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlarini tinglash bilan birga, har bir masala yuzasidan aniq yechim va amaliy choralarni belgilashga e’tibor qaratildi. Muloqotda yoshlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish, ishga joylashish, kasb-hunar o‘rganish, moliyaviy ko‘mak olish, mavjud imtiyozlardan foydalanish hamda boshqa yo‘nalishlardagi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Shahar hokimi Q. Xamdamov uchrashuv avvalida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tinglash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar siyosati doirasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etish mazkur muloqotning asosiy maqsadi ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan qator taklif va tashabbuslar muhokama qilinib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2