Tadbirkorlar murojaatlari — e’tibor va amaliy yechim
✔️ Shu maqsadda Nurafshon shahrida ham tadbirkorlar bilan muntazam ravishda, belgilangan reja asosida uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi ochiq muloqotda tadbirkorlarning faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi.
✔️ Unda Respublika Markaziy banki departament direktori Sh. Rasulov, “Milliy bank” AJ Bosh ofisi bo‘limi boshlig‘i hamda “Milliy bank”ning viloyat boshqarmasi rahbari A. Akramov ishtirok etdi.
✔️ Muloqot davomida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
❗️Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarning murojaatlarini manzilli o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda Nurafshon shahrida ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolar masalalari bo‘yicha navbatdagi qabul
Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabul tashkil etildi.
✅ Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida bo'lib o'tgan ushbu qabulda hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar uy-joy va kommunal xizmatlar, yer va kadastr, infratuzilma, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, bandlik hamda boshqa masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni hal etish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilandi. Joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
Nurafshon shahar Xalq deputatlari Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhiga ochiq tanlov e'lon qilinadi
✨ Xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan yoshlarning ishtiroki alohida qo‘llab-quvvatlanadi!❓ Yoshlar maslahat guruhi nima? — Bu yoshlarning mahalliy boshqaruvdagi ishtirokini ta’minlash, ularning muammolari va takliflarini Kengash deputatlariga yetkazish uchun tuzilgan maslahat organidir.❗️ Kimlar ishtirok etishi mumkin? — 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan faol yoshlar, shahar hududida yashovchi, o‘quvchi, talaba yoki ishlovchilar, jamoada ishlashga va yangi g‘oyalarni ilgari surishga tayyor nomzodlar.
📝 Ariza topshirish:KELAJAGINGIZNI BUGUN BIZ BILAN BIRGA QURING! 🚀
🗓 Muddat: 21-sentyabrgacha.
🔹 Aizani @YMG_arizalar_qabuli_bot orqali topshirasiz.
💡 Savollaringiz bormi?
Axborot uchrashuvimizga keling:
📅 Sana: 22-23-sentyabr .
🕒 Vaqt: 10:00 dan 12:00 gacha.
📍 Joy: Yoshlar markazi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3