Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram


Bolalar salomatligini mustahkamlash maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil etildi


Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida Bolalar tibbiyot markazining yetakchi mutaxassislari — nevropatolog, kardiolog, otolaringolog, jarroh va gastroenterolog shifokorlar ishtirokida bolalar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

🔘Bolalar tibbiyot markazi tug‘ilgandan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tashxislash, davolash va reabilitatsiya qilishga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalaridan biri hisoblanadi.

🔘Tibbiy ko‘rik davomida jarrohlik amaliyoti yoki davolanishga muhtoj bolalar aniqlanib, ularning salomatligi holati mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganildi.


Aniqlangan holatlar bo‘yicha har bir bolaga individual yondashuv asosida, zamonaviy tibbiy tavsiyalar va dalillarga asoslangan davolash hamda reabilitatsiya choralari belgilanib, tegishli tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1🤝1


Nurafshonda bandlik masalalariga amaliy yechimlar izlanmoqda


Nurafshon shahrining “Obod turmush” MFY binosida ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash hamda aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyida hal etish maqsadida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🔘Mazkur tadbir Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi a’zolari, Nurafshon shahar Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
🔘Mehnat yarmarkasida 14 dan ortiq korxona va tashkilot qatnashib, fuqarolarga jami 475 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Tadbirda 56 nafar ishsiz fuqaro ishtirok etdi.


❗️Mazkur yarmarka natijasida 13 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, 6 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitish kurslariga yo‘naltirildi. Shuningdek, yana 5 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olish masalasida amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi belgilandi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4


Oybek mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi


Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi S. Fayziyeva Nurafshon shahrining Oybek mahallasida o‘rganish olib bordi.

✔️O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan “kunbay”, “oilabay” va “fuqarobay” tamoyillari asosida olib borilayotgan ishlarning natijadorligi tahlil qilindi. Har bir xonadon bilan individual ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

✔️Shundan so‘ng muammoli oilalar hamda ishsiz fuqarolar bilan Nurafshon shahar Kengashi deputati Z. Mahsudova bilan birgalikda sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. Ko‘rsatilgan amaliy yordam natijasida 4 nafar fuqaroning doimiy ishga joylashishi ta’minlandi.


❗️Shuningdek, onlayn tadbirkorlik dasturi doirasida fuqarolarga tavsiyalar berilib, subsidiyalangan ssuda olish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Fuqarolar mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga biriktirilib, norasmiy bandlikni qonuniylashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3