Nurafshon shahri hokimligi
3.13K subscribers
49.7K photos
4.91K videos
70 files
14.3K links
Download Telegram
✅✅✅✅

Nurafshonda OIV/OITS mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi


✅Bugungi kunda OIV/OITS (odamning immunitet tanqisligi virusi/orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) keng qamrovli profilaktik va targ‘ibot-tushuntirish choralarini talab etadigan dolzarb global muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

🔘Shu munosabat bilan Nurafshon shahrida OIV/OITSning oldini olish, kasallikning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda aholining tibbiy savodxonligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

🔘Unda ommaviy axborot vositalari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, profilaktika choralari, erta aniqlash va muntazam tibbiy tekshiruvlarning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.


Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan mavzu doirasida turli savollar berilib, mutaxassislar tomonidan ularga batafsil va asoslantirilgan javoblar taqdim etildi. Shuningdek, aholiga OIV/OITS bo‘yicha ishonchli va to‘g‘ri ma’lumotlarni yetkazish, kasallikning oldini olishda jamoatchilik xabardorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

❗️Mazkur tadbir OIV/OITSning oldini olish borasidagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, aholining xabardorligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
✅✅✅✅

“Situatsion tahliliy markaz – Aqlli shahar” faoliyati yuzasidan seminar o‘tkazildi

Nurafshon shahar prokurorining katta yordamchisi E. Abdualiyev tomonidan shaharda tashkil etilgan “Situatsion tahliliy markaz – Aqlli shahar” faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mas’ul xodimlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, bozorlarni raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahliliy monitoring qilish tartibi va usullari yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, raqamlashtirish jarayonida mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda qonuniylikni yanada mustahkamlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.

Seminar yakunida “Situatsion tahliliy markaz – Aqlli shahar” faoliyatini samarali tashkil etish, amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli ravishda tahlil qilib borish hamda belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1
✅✅✅✅

To‘ytepa mahallasida sayyor qabul: murojaatlar nazoratga olindi


✅Bugun Nurafshon shahar “To‘ytepa” MFY binosida aholining murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

✔️Sayyor qabulda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, Nurafshon shahar Kengashi deputatlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi. Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, moddiy yordam, yer va kadastr, qurilish, kommunal xizmatlar hamda infratuzilmaga oid qator masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.


✔️Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berildi. Qabul jarayonining o‘zida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan ayrim masalalar ijobiy yechim topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, mas’ul tashkilot va mutasaddilarga biriktirildi.


Shuningdek, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilanib, murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va ijrosi ta’minlanishi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

❗️Bunday sayyor qabullar aholini qiynayotgan muammolarni bevosita joyida o‘rganish, ularning amaliy yechimini ta’minlash hamda fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM