Nurafshon shahri hokimligi
3.13K subscribers
49.7K photos
4.91K videos
70 files
14.3K links
Download Telegram
✅✅✅✅

“HOKIMLIK SOATI”DA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI


✅Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda hokim o‘rinbosarlari, shahar hududidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek mahalla raislari hamda mahalla yettiligi vakillari yig‘ilishda videokonferensiya — Zoom platformasi orqali qatnashdi.

🔘Yig‘ilish avvalo kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlikni kamaytirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar daromadlarini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilishdan boshlandi.


Har bir mahalla kesimida mavjud muammolar, aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlari, ishga joylashtirishga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda daromad manbalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔘Shuningdek, avvalgi “Hokimlik soati” yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosi tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.


Kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi PF-206-son Farmoni bilan belgilangan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirish va hududlarning yashillik darajasini tubdan oshirish bo‘yicha vazifalar ijrosi ham o‘rin oldi.

❗️Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berilib, ularning ijrosini ta’minlash, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda belgilangan topshiriqlarning natijadorligini ta’minlash qat’iy nazoratga olindi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1👌1🤝1
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari hamda ularning yaqinlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi tarixiy g‘alaba bilan yana bir bor tabrikladi.

– Ikki karra Olimpiada chempioni degan yuksak va sharafli unvon barchamizga, butun O‘zbekiston xalqiga muborak bo‘lsin!

– dedi Prezidentimiz.

Samarqanddagi Olimpiada oddiy sport musobaqasi bo‘lmagani ta’kidlandi. Unda 200 dan ortiq mamlakatdan qariyb 2 ming shaxmatchi, jumladan, kuchli grossmeysterlar va amaldagi chempionlar jam bo‘ldi.

– Shunday ulkan raqobat ichida O‘zbekiston bayrog‘ini eng balandga ko‘tarish bu haqiqiy jasorat, katta aql-zakovat va mustahkam iroda namunasidir,

– dedi davlatimiz rahbari.

G‘alabaga o‘z yurtimizda, xalqimiz ko‘z o‘ngida erishilgani unga alohida ma’no bag‘ishladi. Olimpiadani bevosita kuzatish uchun Samarqandga 60 mingdan ortiq mehmon keldi; hududlardagi fan-zonalarda qariyb 500 ming muxlis, teleekran va internet orqali esa millionlab vatandoshlarimiz o‘yinlarni kuzatdi.

Facebook|Instagram|X
❤2
Prezidentimiz o‘zi ham hal qiluvchi partiyalarni katta qiziqish bilan ko‘rganini aytdi:
“Ba’zi partiyalarda sizlar nafaqat raqiblaringizni, balki bizni ham kuchli hayajonda ushlab turdingizlar”.


Davlatimiz rahbari amaldagi Olimpiada chempioni Hindiston terma jamoasi bilan uchrashuvga alohida to‘xtaldi. Nodirbek Yoqubboyevning Nihal Saringa qarshi partiyasida vaziyat bir payt juda og‘irlashganini esladi.

– Lekin sen oxirigacha mardona kurashding. Nihoyatda topqirlik bilan qo‘llagan taktik yurishlaring vaziyatni butunlay o‘zgartirdi va jamoamizga hal qiluvchi g‘alabani olib keldi,

– dedi Prezidentimiz.

Hindiston ustidan g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston yakka peshqadamga aylandi. Keyin shaxmatchilarimiz Xitoy jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, jahon reytingi yetakchisi va olti karra Olimpiada chempioni bo‘lgan AQSh terma jamoasidan ham ustun keldi.

Prezidentimiz Nodirbek Abdusattorov butun musobaqani mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, birinchi taxtada oltin medalni qo‘lga kiritganini e’tirof etdi. Uning amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi murakkab endshpildagi g‘alabasi ham alohida esga olindi:
“Buning o‘zi alohida katta natija!”.


Facebook|Instagram|X
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

6 MILLION SO‘MGACHA ISH HAQI: 100 DAN ORTIQ BO‘SH ISH O‘RNI


Nurafshon shahrida ish izlayotgan fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayni paytda Degantepa mahallasidagi NEMO COLLECTION tikuvchilik korxonasida 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni mavjud.

Ish haqi 3 million so‘mdan 6 million so‘mgacha bo‘lib, mehnat faoliyati va orttirilgan tajribaga qarab ish haqining oshib borishi ko‘zda tutilgan.

✔️18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan, ishlash istagidagi fuqarolar ishga taklif etiladi. Muhimi, ishga kirish uchun avvaldan maxsus malakaga ega bo‘lish shart emas. Korxonada malakasiz xodimlarga ham kasb o‘rgatilib, zarur mehnat ko‘nikmalari shakllantiriladi. Mazkur imkoniyatlardan foydalanib, fuqarolar doimiy bandligini ta’minlashi va o‘z daromadlarini oshirishi mumkin.

☎️ 95 076 15 84
📌Lokatsiya


❗️Ushbu ishlar Prezident raisligida joriy yil 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar asosida Nurafshon shahrida ishsizlikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar daromadlarini oshirishga qaratilgan.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

Oila mustahkamligi — jamiyat barqarorligining muhim omili


✅Nurafshon shahrida ajrim yoqasida turgan yosh oilalarni yarashtirish, oilaviy nizolarning oldini olish va oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.

✔️Unda shahar hokimi o‘rinbosari N. Djumanova, O‘rta Chirchiq tumanlararo sudi raisi R. Abduazimov, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, deputat J. Axmedkulov hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.


Tadbir davomida oilaning jamiyatdagi o‘rni, oilaviy qadriyatlarni asrash, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va mas’uliyatni mustahkamlash, farzandlar tarbiyasiga e’tibor qaratish hamda kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

✔️Profilaktik tadbir doirasida ajrim yoqasida bo‘lgan 12 ta oila bilan individual suhbatlar o‘tkazildi. Olib borilgan tushuntirish va yarashtirish ishlari natijasida 5 ta oilaning yarashuviga erishildi. Bu orqali 9 nafar bolaning ota-onasi bag‘rida voyaga yetishi uchun imkoniyat yaratildi.


Uchrashuv yakunida oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

❗️Bunday amaliy ishlar oilalar mustahkamligini ta’minlash, farzandlar manfaatini himoya qilish va mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Rasmiy axborot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💝 "Biznikidek shaxmatni sevadigan Prezident dunyoda hech qayerda yo‘q"

Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Nodirbek Abdusattorov Olimpiadadagi tarixiy g‘alaba butun xalqimizning yutug‘i ekanini ta’kidladi.

U O‘zbekiston Hindiston, Xitoy va AQSh kabi kuchli terma jamoalarni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritganini qayd etdi.
"Bizda javob har doim bitta: biznikidek shaxmatni sevadigan Prezident dunyoda hech qayerda yo‘q!"

Abdusattorov, shuningdek, jahonning eng katta sahnalarida O‘zbekiston sharafi va bayrog‘ini munosib himoya qilishga va’da berdi.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1