Nurafshonda O‘qituvchi va murabbiylar kuni tantanali nishonlandi
🔘 Tadbirda Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev so‘zga chiqib, yig‘ilgan ustoz va murabbiylarni, ular timsolida shahardagi barcha ta’lim sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbir davomida ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ularning mehnatini munosib qadrlash hamda samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
🔘 Bayram tadbiri doirasida ta’lim sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirning badiiy qismida yoshlarning sevimli san’atkori Doston Ergashev, Nurafshon shahar Madaniyat markazi ijodiy jamoasi hamda “Boychechak” bolalar namunali raqs jamoasi tomonidan musiqiy va badiiy chiqishlar namoyish etilib, bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
❗️Nurafshon shahar hokimligi barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat hamda yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2