Nurafshon shahri hokimligi
3.13K subscribers
49.6K photos
4.91K videos
70 files
14.3K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“BESH TASHABBUS” — VOLEYBOL BO‘YICHA HUDUD BIRINCHILIGI

“Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida 1-, 4- va 32-maktablar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha hudud birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari o‘zaro kuch sinashib, munosib natijalarni qayd etishdi.

🏆 O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — 1-maktab
🥈 2-o‘rin — 32-maktab
🥉 3-o‘rin — 4-maktab

🏆 Qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — 4-maktab
🥈 2-o‘rin — 32-maktab


Musobaqada hudud bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar shahar miqyosida o‘tkaziladigan keyingi bosqichda ishtirok etib, maktab sharafini munosib himoya qiladilar!

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
❤3
#Hokim_kubogi

“HOKIM KUBOGI” MUSOBAQASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI


Nurafshon shahrida yoshlar o‘rtasida mini-futbol sport turi bo‘yicha mahallalar jamoalari ishtirokida “Hokim kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, futbolga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni saralab olishdan iborat bo‘ldi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni Dehqonobod MFY, 2-o‘rinni Yangiobod MFY, 3-o‘rinni esa Obod turmush MFY jamoalari egalladi.


❗️G‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlanib, ularga “Hokim kubogi” hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Mazkur musobaqalar yoshlar orasida sportni ommalashtirish va mahallalarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
👍4❤1
"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 328 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
#jarayon

Nurafshon shahar tibbiyot xodimlarining favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Nurafshon City hududida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tibbiyot xodimlarining harakat algoritmi, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorlarni saralash va evakuatsiya qilish, shuningdek, jamoaviy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish tartibi tushuntirildi.

Amaliy mashg‘ulotlar davomida tibbiyot xodimlari shartli ravishda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ularning holatini baholash hamda xavfsiz hududga evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalari baholandi.

✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook
#jarayon

Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov shahar markazidagi Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan turar joy obyektlarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida qurilish jarayonlarining borishi, obyektlarning foydalanishga tayyorlik holati hamda hududdan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jarayon davomida tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari, soha mutasaddilariga qurilishi yakunlangan binolarni belgilangan tartibda foydalanishga topshirish, qurilishi to‘xtab qolgan obyektlar bo‘yicha muammolar va to‘xtalish sabablarini o‘rganib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi.

❗️Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek, hududda olib borilayotgan ishlarning natijadorligi mas’ullar tomonidan doimiy nazorat qilib borilishi ta’kidlandi.

✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤1