#jarayon
Nurafshon shahrida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, bolalarni ijtimoiy himoya qilish hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-sentabrdagi O‘RQ–1174-son hamda O‘RQ–1175-son qonunlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan tarqatma materiallar berildi.
Shuningdek, mazkur qonunlarning maqsadi, ahamiyati va ularda belgilangan asosiy qoidalar yuzasidan fuqarolarga tushuntirishlar berilib, bolalar huquqlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda jabrlangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy xabardorligini oshirish va jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
✅Telegram 🌐Instagram 📹YouTube✅Facebook

#Tibbiyot
Tibbiyot xodimlari sog‘lom turmush tarzi yo‘lida birlashdi
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi tibbiyot xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” va “Besh tashabbus” doirasida hududiy bosqich sport musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Mazkur tadbir tibbiyot xodimlari salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook

Tadbirning asosiy maqsadi tibbiyot xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, ommaviy sportga qiziqishni kuchaytirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Mazkur tadbir tibbiyot xodimlari salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
#diqqat
DIQQAT! NURAFSHON SHAHRINING AYRIM HUDUDLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
2026-yil 14-oktabr kuni "To‘ytepa" MFY ning Oxunboboyev ko‘chasidagi diametri 57 mm bo‘lgan o‘rta bosimli yer usti gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 08:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Mazkur vaqtinchalik cheklov 880 ta xonadon hamda 12 ta ulgurji iste’molchini qamrab oladi.
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Qo‘shimcha ma’lumot uchun (99) 004-81-04 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

"To‘ytepa" MFY: Toshkent yo‘li, Guzar, Uchqun, Oxunboboyev va Navoiy ko‘chalari;
"Ma’rifat" MFY: Ozodlik, Bobur va P. G‘oziyev ko‘chalari;
"Dehqonobod" MFY: X. Yo‘ldoshev, Baxt va Bobur ko‘chalari.
Mazkur vaqtinchalik cheklov 880 ta xonadon hamda 12 ta ulgurji iste’molchini qamrab oladi.
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Qo‘shimcha ma’lumot uchun (99) 004-81-04 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
✅Telegram 🌐Instagram 🌐Website✅Facebook
❤1
#21-oktabr
“Ona tilim — faxrim!” rasmlar tanlovi o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Nurafshon shahridagi 12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida yosh avlod qalbida ona tiliga mehr va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida “Ona tilim — faxrim!” shiori ostida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda yosh ijodkorlar ona tilimizga muhabbat, milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini aks ettirgan ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar. Tadbir yakunida faol va iqtidorli ishtirokchilar rag‘batlantirildi.
Mazkur tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ona tilimizga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Tadbir shahar hokimi maslahatchisi M. Shoismanova, Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Z. Maxsudova hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.

👍3👏2❤1